Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə6/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

«Klaster» metodi
Klaster inglizcha so‘z bo‘lib (sluster) bosh, bir shingil, popuk ma’nosini anglatadi. Bu matnning ma’noli birliklariga ajratish va ularning bir bosh uzum shaklida joylashtirilishidir. Klaster - bu ma’lum bir mavzu bo‘yicha erkin va ochiq o‘ylashga yordam beruvchi strategiya bo‘lib, fikrlashning chiziqsiz (notekis) shaklidir. Bu usuldan fikrlash bosqichida xam foydalanish mumkin.
Bu metod pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar urtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzunini ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur xamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Stil g‘oyasiga muvofik ishlab chiqilgan “Klaster” metodini ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon buladi. Bu esa guruhning xar bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish xamda ular urtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
“Klaster” metodidan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Nimaniqi uylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing, Fikringizning sifati xakida o‘ylab utirmay, ularni shunchaki yozib boring.

  2. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.

  3. Belgilangan vaqt nixoyasiga Ytmagunicha, yozishdan tuxtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani uylay olmasangiz, u xolda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu xarakatni yangi g‘oya tug‘ilguniga qadar davom ettiring.

  4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish xamda mazkur g‘oyalar urtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga xarakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular urtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin