Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə7/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

«Ikki qismli kundalik» metodi
«Ikki qismli kundalik» metodi darsning yangi mavzu o‘rganilayotgan qismida yoki yangi terminlar, tushunchalarni mustahkamlashda foydalaniladi.
Bu metod bilan ishlash asosan yozma shakli amalga oshiriladi.
Bunda o‘quvchi o‘zining konspekt daftarini ikki qismga ajratadi.
Yangi o‘rganilgan tushuncha, ta’rif yoki izohlar daftarning birinchi tomoniga yoziladi. Ikkinchi tomoniga esa xar bir o‘quvchi berilgan ta’rifdan kelib chiqib, o‘z ta’rifini bir nechta variantda yozishi kerak. Masalan:



Berilgan ta’rif

Ta’lim oluvchining ta’rifi







Fasilitatsiya - bu o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirish va faollashtirishdir.
Mazkur yondashish insonparvarlik psixologiyasi g‘oyalariga asoslanadi. Ushbu g‘oya asoschilaridan biri amerikalik psixolog K.Rodjersdir. Ta’limning ushbu modeli an’anaviy modellariga nisbatan samaralidir.
- o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida o‘zaro ishonch muhitini yaratish, qaror kabul qilishda xamkorlik, o‘quv jarayoni uchun yagona mas’uliyatni xis qilish;
- o‘qish motivatsiyasini o‘zgartirish, chunki o‘quvchi past baho olishidan kurkishi yoki maktov uchun emas, balki tabiiy qiziqishi va intilishi o‘qishga rag‘batlantiradi;
- o‘qituvchining metodologik va shaxsiy ko‘rsatmalarini o‘zgartirishni ta’limda asosiy urgu - bilimni fasilitatsiyaga bevosita o‘tkazishda qo‘yiladi;
- o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishida kumak beradi.
Ajurli arra
“Ajurli arra” metodi tuzilish jihatidan o‘zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1.TopshiriQni bO‘lish: Topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy qismlarga (yoki mavzularga) qirqiladi.
2.Birlamchi guruHlar: Har bir guruh a’zolari qirqilgan mavzuni oladilar va ekspertga aylanadilar.
3.Ekspert guruHlari: qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv topshiriqlari mavjud bo‘lgan o‘quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘rgatish rejasini egallagash uchun ekspert guruhga birlashadilar.
4.Birlamchi guruHlar: O‘quvchilar o‘zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi.
“Ajurli arra” mohiyatiga aniqlik kiritish uchun ba’zi bir tavsiyalarni yoritish lozim.
1.O‘qitish jarayoniga bu tarzda yondashilganda o‘quvchilarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi.
2.U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun o‘quvchilarga boshlang‘ich axborotlarni uzatish zarurati tug‘ilsa, ma’ruza o‘rnini bosa oladigan samarali instrumentariy hisoblanadi.
3.O‘qituvchi murakkab mazmunli mavzular bo‘yicha o‘quvchilarni darsga tayyorlash uchun oldindan ularning har biriga mo‘ljallangan alohida axborotli paket tayyorlaydi. Unda darslikdan, qo‘shimcha tarzda gazeta, jurnal, maqolalardan materiallar bo‘lishi kerak.
4.Har bir o‘quvchi 2 guruh tarkibida ishtirok etdi: dastlab “o‘z uyi” (birlamchi) guruhiga, keyin esa “ekspert” guruhiga birlashib, o‘quv elementlarini mustaqil o‘rganishadi. Ekspert guruhini tezda tashkil etish uchun o‘quvchilar olgan axborotli paketlarda har bir mavzuga oid materiallar bir xil rangdagi qog‘ozlarga yozilgan yoki rangli qalam bilan qog‘ozning biror bir burchagi bo‘yalgani ma’qul.
5.Har bir guruhda 3 tadan 5 tagacha kishi (o‘quvchilar soniga qarab) bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi “o‘z uyi”dagilarni va qayta uchrashish joyini aniqlab olishi kerak.
6.O‘qituvchi o‘quvchilarni “rangli” topshiriqlar asosida guruhga birlashishini taqlif etadi va ular alohida mavzular bo‘yicha ekspertga aylanadi. Misol uchun, “qizil”larni sinf xonasi oxirida, “ko‘k”larni esa maktab yo‘lakchasida uchrashishi belgilanadi. Har bir ekspert guruhda 3 tadan kam o‘quvchi bo‘lmasligi kerak.
7.Guruhlarga axborotli paket tarqatiladi. Har qaysi guruh turli xil materiallar to‘plamini olishlari va ularni o‘qishi, muhokama qilishi, aynan shu axborotlar bo‘yicha ekspertga aylanishi lozim. O‘quv materiallari bo‘yicha “ekspert” bo‘lishi uchun o‘quvchilarda vaqt Ytarli bo‘lishi kerak. Bu uchun agar materiallar murakkab va katta bo‘lsa, ehtimol, bir dars to‘liq talab qilinadi.
8.O‘quvchilarga quyidagicha topshiriqlar beriladi:
- paketdagi materiallarni qunt bilan o‘rganing va muhokama qiling;
- bir-biringizdan so‘rang va o‘quv materiallarini har biringiz tushunib olganingizga ishonch hosil qiling;
- o‘z “o‘yingiz” guruhini o‘qitish zarurligini hisobga olib materialning muhim o‘quv elementlariga e’tiborni qarating.
9. O‘quvchilarning o‘z “uylariga” qaytishlarini iltimos qiling. Har biri o‘z “uyi”- guruhiga axborot beradi. Shaksiz, “uy” guruhida ekspert guruhlaridan bittadan o‘quvchi bo‘lish shart. O‘quvchi o‘rganib kelgan materiallarni o‘z guruhi o‘quvchilariga o‘rgatish javobgarligini bo‘yniga olish lozim. Bu jarayon o‘quv materialining o‘zlashtirish zarurligiga qarab yana bir soat davom etishi mumkin.
10.O‘quvchilar bir-birlaridan axborotlarni o‘rganishib bo‘lishgach, o‘qituvchi oldindan rejalashtirgan faoliyat to‘rini o‘tkazishi mumkin.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin