Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


SEMINAR №3 Semenar mashg’uloti mavzusi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiyaning interfaol strategiyalari va muommoli ta’lim



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə73/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

SEMINAR №3
Semenar mashg’uloti mavzusi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiyaning interfaol strategiyalari va muommoli ta’lim.
O‘YIN TEXNOLOGIYaLARI
Reja:
1.O‘yinli texnologiyalarni funksiyalari.
2.O‘yin strukturasi.
3.Pedagogik o‘yinlar klassifikatsiyasi.
4.Pedagogik o‘yinlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari.


Tayanch tushunchalar:
O‘yin, rolli o‘yinlar, tadbirkorlik o‘yinlari, erkin fikr, didaktik maqsad, tarbiyaviy maqsad, psixik jarayonlar, pedagogik o‘yin turlari, tafakkur.

O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyatitashkil etadi.


O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizm
lari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta’rificha, o‘yin shaxsga xos bo‘lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulqi shaklidir.
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
A.N.Leontev o‘yinga shaxsning hayolotdagi amalga oshirib bo‘lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni hayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog‘liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi.
O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi. Ular quyidagilar:

  • maftunkorlik;

  • kommunikativlik;

  • o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;

  • davolovchilik;

  • tashxis;

  • millatlararo muloqot;

  • ijtimoiylashuB

Tadqiqotchilar o‘yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O‘yinlarning muhim qirralari S.A.Shmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbirni) tufayli bahra olish uchun emas, balki xohishlariga ko‘ra, faoliyat jarayonining o‘zidan bahra olish uchun qo‘llanadi.


O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakterga – «ijod maydoni»ga ega bo‘ladi.
O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi.
O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko‘zda to‘tgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini ko‘rsatadilar.
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qaraydilar.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:

  • o‘ynash uchun olingan rollar;

  • bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;

  • predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari o‘rnida qo‘llash;

  • o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;

  • o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun) – ijro sohasi.

O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini o‘zlashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi.
O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi.
O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog‘ishtirish, o‘xshashini topish, faraz, hayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal Ychimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.
Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me’yorlari va Kadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, muloqotga o‘rgatish, psixoterapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o‘yin degan shuncha mavjud.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o‘yinlar «o‘yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi.
Pedagogik o‘yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi.Pedagogik o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o‘yinlar tasnifi va uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda bo‘ladi:

  • didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi;

  • o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;

  • o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;

  • o‘quv jarayoniga didaktik vazifa o‘yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;

  • didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.

Pedagogik o‘yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o‘yin metodikasi, soha xususiyati, o‘yin muhiti bo‘yicha tasnif qilingan.
Pedagogik o‘yinlar tasnifi:

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin