Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə72/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi (N.P. Guzik).
«O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi» saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi. Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo‘ladi:
1) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular ma’ruzalar deb yuritiladi);
2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko‘zda to‘tgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin);
3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (guruhlash) darslari (mavzular bo‘yicha sinovlar);
4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya qilish);
5) dars-praktikumlar.
Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish ishlarini tashkil etadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilishda amalga oshiriladi.
Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchilikda: «A»,«V»,«S» dasturlari ajralib turadi.
Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashni ta’minlaydi;

  • ta’lim oluvchilarning ma’lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi;

«S» dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. «S» dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi lozim.
«V» dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga egallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish etadi va oydinlashtiradi, tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini ko‘rsatib turadi.
«A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqbolli tobora takomillashib boruvchi ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan.
Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni erkin tiklash metodikasi qo‘llanadi.
Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin