Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə10/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

3-§. Tilning ijtimoiy vazifalari
Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi tarixiy-ijtimoiy tajribasi asosida yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir. Tilning ijtimoiy tabiati uning jamiyatda mavjud bo‘lishi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. Shu sabab ham buyuk nazariyotchi olim F.de Sossyur tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida shunday deydi: “Til belgilari o‘z tabiatiga ko‘ra garchi psixik bo‘lsa ham, lekin u abstraksiya emas, balki jamiyat a’zolari xotirasida joylashgan reallikdir” [F. de Sossyur, 1977: 53]. Til va jamiyat taraqqiyoti uzviy bog‘liqdir. Jamiyatda ro‘y beradigan har qanday voqelik, ma’lum ma’noda tilda o‘z ifodasini topadi. Aytaylik, hayotga bitta yangi narsa kirib kelsa, uning nomi tilda albatta, aks etadi. Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u qaysi tilda gapiradigan bo‘lishini bilishni istaydi. Ana shu maqsadda shoh o‘n ikki emizikli bolani ajratib olib, Agradan 6 mil uzoqlikdagi qal’aga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o‘n ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga qal’a darvozasini ochish qat’iyan ta’qiqlanadi, darvoza ochilsa, uning boshi sapchaday uzib tashlanishi aytiladi. Bolalar o‘n ikki yoshga yetganda, shoh ularni huzuriga keltiradi. Hind faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit bo‘lib chiqadi deb hisoblaydilar. Ammo bolalar shoh huzuriga kelganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi.
Chunki bola bechoralar hech bir tilda gapirmas edilar. Ular o‘z enagalaridan fikrlarni turli imo-ishoralar bilan ifodalab, hech qanday tilsiz muomala qilishni o‘rgandilar [N.Uluqov,2016: 23]. Bu misol tilning biologik yoki tabiiy hodisa emasligini yana bir bor isbotlaydi. Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun ham bolalar jamiyatdagi gunglarning imo-ishoralaridan boshqa hech narsani o‘rganmadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy hodisa ekanligini o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi, bir butun sistem sifatida shakllanishi, ijtimoiy hodisa tarzida voqelanishi uning tarixiyligi bilan bog‘liq.
Savollar:
1.Tilning paydo bo‘lishi haqida qanday qarashlar mavjud?
2.Tilning tabiiy hodisa ekanligi haqida kimlarning fikrlarini bilasiz?
3. Jamiyat taraqqiyoti tilning rivojiga qay darajada ta’sir ko‘rsatadi?
4. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida kimlarning fikrlarini bilasiz?
5. Til tushunchasiga izoh bering.
6. Siz qaysi fikrga qo’shilasiz: til tabiiy hodisami yoki ijtimoiy hodisa.
7.Til va uning ijtimoiyligini, paydo bo‘lishi va taraqqiy etish jaroyonlarini dunyo tilshunosligida qanday nazariyalar mavjud?
8.Tilning ijtimoiyligi va taraqqiyoti masalasida Ferdinand de Sossyur vaVilgelm fon Gumboldtlarning qanday fikrlari mavjud?
9.Fanda inson tilining paydo bolishi haqida qanday farazlar (nazariyalar) aytilgan?

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin