Sintetik flektiv tillarga nemis, rus tillar kabi fleksiyalarga boy tillar kiritiladi. Nutqda so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatlar asosan fleksiyalar asosida amalga oshiriladi. Analitik flektiv tillarda, garchi fleksiyalar bo’lsa ham, ularning miqdori katta emas, gapdagi so‘zlar orasidagi sintaktik munosabat ko‘proq so‘z tartibi va yordamchi so‘zlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun antik tillarda so‘z tartibi qat’iy, har bir gap bo’lagi o‘z o‘mida turishi shart bo’lgan. Flektiv tillarga so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi funksiyani bajaradigan ichki fleksiya xos. Bunda o`zak-negizda tovush almashuvi bilan turli grammatik ma’nolar ifodalanadi.
Ichki fleksiyada undosh tovushlar ham, unli tovushlar ham o`zshgarishi mumkin. Ingliz va nemis tillarida ko`proq unli tovush o`zgarsa, rus tilida ko`proq undosh tovushlarning o`zgarishi kuzatiladi. Masalan, ingliz va nemis tillarida kuchli fe’llarning asosiy formalarini yasaydigan absalyut hodisasi quyidagicha:
nemis tilida – singan - sang – gesugen;
ingliz tilida - bring-brought-brought, sing-sang-sang, see-saw-seen;
rus tilida – viju-videl-uvidel.
Ma’lumki, arab tilida o`zak-negiz faqat undosh tovushlardan iborat bo`ladi: ktb so`zining o`zagi “yozuv” ma’nosini anglatadi. Bunda ktb o`zagidagi unli tovushlarni almashtirish bilan bir necha boshqa ma’nodagi so`zlar yasash mumkin: kataba – u yozdi, katib – yozuvchi, kitab–kitob, makteb-yozmoq, maktab-idora, makatib-idoralar, madrasa-maktab, madaris –maktablar.
Agglyutinativ tillar (agglutinate lotincha so‘z bo’lib, “ulash”, “yopishtirish”, “ketma-ketlik” demakdir). Agglyutinativ tillarga turkiy, fin-ugor, yapon, koreys, dravid, bantu tillari kiradi. Bu tillaming asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
affikslarga boy bo’ladi, gapda so‘zlami bir-biriga bog’lash uchun asosan qo‘shimchalardan foydalaniladi;
bir affiks bir grammatik ma’no ifodalaydi, shu xususiyati bilan agglyutinativ tildagi affikslar fleksiyalardan farq qiladi: pishu – yoz.
-yapman. Bunda -yap - zamon ko‘rsatkichi, -man- shaxs ko‘rsat-kichidir; -man qo'shimchasi tarixan m+an shakllaridan iborat bo’lib, -m - shaxs, -an- son ko'rsatkichidir. Rus tilida bu ko‘rsatkichlar birgina —y bilan ifoda etiladi;
O'zak va negiz, negiz va grammatik fleksiyalar o‘rtasidagi chegarani aniqlash ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi: hukm-mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum;
hol-ahvol; xulq-axloq; she ’r-ash ’or; rus tilida: videt-viju; xodit-xoju.
Flektiv tillarda grammatik ma’noni ifodalovchi affikslar so‘z o‘zagi bilan vositalarsiz birikadi. Bu hodisa fuziya deyiladi. Masalan: kelishik qo‘shimchalarini qo'shsak, parta, partы, parte tarzida bo’ladi va so‘z kelishik qo‘shimchasisiz to’la ma’noli so‘z bo’la olmaydi.
Agglyutinativ tillaming muhim belgilari til taraqqiyoti davomida ma’lum darajada o ‘zgarishi mumkin. Boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlar ta’sirida g‘ayri til oilasiga xos lingvistik xususiyatlar kuzatiladi. Tillar o‘rtasidagi munosabat natijasida agglyutinativ tillarda flektiv tillarga xos elementlar uchraydi va aksincha. Bu holat tillarning tarixiy taraqqiyoti davomidagi fonetik, leksik, grammatik o'zgarishlaming ma’lum bir ichki qonuniyatga asoslanishini ko‘rsatadi.