Flektiv tillar. Flektiv tillarga hind-evropa (rus, nemis, latin, hindu va boshqa tillar), som (arab, ivrit) tillari kiradi. So`zning morfologik formalarining fleksiya orqali yasalishi bu tillarning asosiy morfologik xususiyatidir. Bu tillarda har bir mustaqil so`zning dastlabki shakli ham negizva qo`shimchalarga bo`linadi, natijada o`zak-negiz mustaqil qo`llanmaydi. Masalan, rus tilida siju, sidish sidyat so`zlarining o`zak-negizi sid, sij bo`lib, bular mustaqil ishlatilmaydi. Bundan tashqari flektiv tillarda (agglutinativ tillardan farqli o`laroq) bir qo`shimcha bir necha grammatik ma’no ifodalashi mumkin. Masalan, rus tilida: Ridel so`zidagi –el qo`shimchasi zamon (o`tgan zamon), son (birlik), shaxs (birinchi), mayl, rod ma’nolarini ifodalaydi.
Flektiv tillarga so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi funksiyani bajaradigan ichki fleksiya xos. Bunda o`zak-negizda tovush almashuvi bilan turli grammatik ma’nolar ifodalanadi.
Ichki fleksiyada undosh tovushlar ham, unli tovushlar ham o`zshgarishi mumkin. Ingliz va nemis tillarida ko`proq unli tovush o`zgarsa, rus tilida ko`proq undosh tovushlarning o`zgarishi kuzatiladi. Masalan, ingliz va nemis tillarida kuchli fe’llarning asosiy formalarini yasaydigan ablaut hodisasi quyidagicha:
nemis tilida – singan - sang – gesugen;
ingliz tilida - bring-brought-brought, sing-sang-sang, see-saw-seen;
rus tilida – viju-videl-uvidel.
Ma’lumki, arab tilida o`zak-negiz faqat undosh tovushlardan iborat bo`ladi: ktb so`zining o`zagi “yozuv” ma’nosini anglatadi. Bunda ktb o`zagidagi unli tovushlarni almashtirish bilan bir necha boshqa ma’nodagi so`zlar yasash mumkin: kataba – u yozdi, katib – yozuvchi, kitab–kitob, makteb-yozmoq, maktab-idora, makaatib-idoralar, madrasa-maktab, madaaris –maktablar.
3-§. Tillarning morfologik tasnifi. Tillarni morfologik tasnif qilishda so‘zlarning tuzilishi eng muhim belgi sifatida olinadi. Bu usulda so‘zlarning kelib chiqishi ahamiyatga ega emas. Morfologik tasnif, eng avvalo, har bir tilning grammatik qurilishini nazarda tutadi, ya’ni nutqda so‘z, turlovchi va tuslovchi qo‘shimchalaming mavjudligi, ulaming xususiyatlari, so‘zning yasalish tomonlarini hisobga oladi. Grammatik ma’noning ifodalanishiga ko‘ra tillar sintetik (afftksli) va analitik (affikssiz) tillarga bo‘linadi.