VIII. Malay-polineziya tillari oilasi.
Bu tillar oilasiga Indoneziya tillari: malay, yava, dayak, tagal, batak, age, bali, madur, torigi, bug`iy kabi tillar kiradi.
Indoneziya va Filippin orollarida turli xalq va elatlar yashaydi. Ularning tillari ham turlicha.
IX.Avstraliya tillari oilasi.
Avstraliyada mahalliy xalq tillari juda ko`p bo`lib, eng asosiy til aranta tili hisoblanadi.
X.Papaus tillari oilasi.
Ikki million aholisi bo`lgan yangi Gveniyada 400 ga yaqin til va shevalar mavjud. Bu tillar papaus tillari deb ataladi.
XI.Afrika tillari oilasi.
1.Bantu tillari gruppasiga Shimoliy_G`arbiy, Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va G`arbiy Afrikada tarqalgan tillar: bube, lundu, fang, kongo, rundi, ganda, poto, igala, luba, bemba, subiyya, suaxili, sanga, shambala, zulu, soto, venda, lunda kabi tillar kiradi.
2.Sudan tillari gruppasiga zanda, banda, koma, kunama, kardofan, miltu va boshqa tillar kiradi.
XII.Paleosiyo tillari oilasi.
Rossiyaning shimoliy-sharqiy terrritoriyasida istiqomat qiluvchi xalqlarning tillari paleosiyo tillari oilasini tashkil qiladi. Bu ikki gruppaga bo`linadi: 1.Chuko tillari gruppasi: chukot, koryak tillari; 2.Sibir gruppasi: odul, nivx tillari.
XIII.Eskimos tillari oilasi.
Vranegl, Chukotka, Kanada, Alyaskaning shimolida yashovchi xalqlarning tillari eskimos tillari oilasini tashkil etadi.
XIV.Shimoliy amerika tillari oilasi.
Amerika hindularining tillari bu oilani tashkil etadi. Hindularning tillari turli-tuman bulib, ularning ko`pchiligi yo`qolib ketgan. Bu tillar yozuvga ega emas.
Birorta tillar oilasiga kirmagan tillar:
a) yapon tili, b) koreys tili, v)ayn tili.
Bu tillarning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyoti yetarli darajada o`rganilmaganligi sababli, hozirgacha bu tillar u yoki bu tillar oilasiga kiritilmagan.
XV. Mo`g`ul tillari oilasi.
a) xalxa-mug`ul tili, b) buryat tili, v)qalmoq tili.
Dostları ilə paylaş: |