2.Qirg`iz-qipchoq tillari gruppasi: qirg`iz tili, oltoy tili.
Agglutinativ tillar. Agglutinativ tillarga turkiy va fin-ugor tillari oilasidagi mo`g`ul tillari, dravid tillari, bantu tillari, yapon va boshqa tillar kiradi.
Agglutinativ tillarning boshqa tillardan ajralaib turadigan asosiy grammatik xususiyatlari quyidagilar:
1.Affikslar bir ma’noni ifodalaydi;so`z sostavida ishtirok etayotgan har bir affiks faqat bir ma’noni anglatgan holda birin-ketin yopishib kela beradi. Masalan, o`zbek tilida studentlarga so`zida –lar ko`plik, -ga jo`nalish kelishigi ma’nosini ifodalaydi, vengr tilida haz-uy, hazda-uyda, hazak-uylar, hazakda-uylarda.
Flektiv tillarda esa bir affiks bir vaqtning o`zida bir necha grammatik ma’no ifodalashi mumkin. Masalan, rus tilida druzyam so`zida –yam suffiksi bir vaqtning o`zida ham ko`plik, ham jo`nalish kelishigi, ham rod ma’nosini ifodalaydi.
2.Affikslar o`zakka mexanik ravishda qo`shilaveradi, lekin o`zak bilan juda birikib ketmaydi; o`zakdan ajaralib turadi. Flektiv tillarda esa negiz (yoki o`zak) bilan juda birikib ketadi; o`zak va affikslar mustaqil holda qo`llanmadi. Qiyos qiling: maktablardan, viju (o`zagi vid).
3.Turkiy tillarda prefiks yo`q, grammatik ma’nolar affikslar orqali ifodalanadi. (O`zbek tilida tojik tilidan o`zlashib qolgan ayrim prefikslargina mavjud). Affikslarning ketma-ket ko`shilishi natijasida so`zning kengayishi faqat bir tomonga, ya’ni o`ng tomonga yo`nalgan bo`ladi. Flektiv tillarda esa prefiks ham, suffiks ham mavjud: gentle-ungentle, ungentleman- ungentlmanly, chital-prochital, chitali – prochitali.
Turkiy tillarda ko`makchilar (posleloglar) otdan yoki ot vazifasidagi so`zdan keyin kelib, uni boshqa so`zga – boshqaruvchiga bog`laydi va ular orasidagi sintaktik munosabatlarni ifodalaydi. Masalan, Tinchlik uchun kurashamiz. Do`stlarim bilan uchrashaman. Flektiv tillarda esa ko`makchilar ot yoki ot vazifasidagi so`zdan oldin keladi va ular predloglar deb ataladi. Masalan, rus tilida: v knige, nad stolom, s druzyami, k bratu; ingliz tilida with my friend, on the table, in the book, to my brother kabilar.
5.Turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi yo`q. Shunga ko`ra gapda so`zlarning o`zaro sintaktik aloqaga kirishuvi o`zgacha: turkiy tillarda, jumladan, o`zbek tilida sifat, son, olmosh, sifatdoshlar ot bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Rus tilida esa bunday so`zlarning birikuvi moslashuvdir. Qiyos qiling: katta bino, beshta daftar, bu odam, o`qiyotgan bola; bolshoy dom, vtoraya kniga, pyatыy kurs, chitayushiy chelovek. Hind-evropa tillarida kesimning morfologik belgilari faqat fe’lga qo`shilsa, turkiy tillarda kesim vazifasida kelgan har bir so`z turkumiga qo`shilishi mumkin. Qiyos qiling: Eto zdanie institut; Men ukam bilan kinoga bordim. Biz baxtiyormiz. Bu bino institutdir.