1. Sintetik (affiksli) tillar. Sintetik tillarda grammatik ma’no affiksatsiya (preflkslar, suffikslar), ichki fleksiya, suppletiv usul yordamida ifodalanadi. Sintetik tillarga hind-yevropa tillari oilasiga mansub tillar (rus, nemis va boshqalar) kiradi. Bunday tillarda nutqdagi so‘zlaming bir-biriga bog’lanishi so‘z tarkibiga bog’liq bo’ladi. Bu tillardagi qo‘shimchalaming xarakteri va so‘zlarga ulanish, bog‘- lanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Affiksal morfemalar o‘zak morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra muayyan tilning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O‘zakka nisbatan o‘rniga qarab qo'shimchalar affikslar, suffikslar, prefikslar, postfikslar, infikslarga boiinadi.
So‘z yasovchi va shakl yasovchi affikslar so‘zning leksik ma’nosi bilan bogiiqdir. Bu hodisa leksika bilan morfologiyaning bir-biriga bogiiq ekanini isbotlaydi.
2. Analitik tillar (affikssiz) tillar. Bunday tillarda gap tarkibidagi so‘zlaming bir-biri bilan munosabati, asosan, so‘z tarkibi orqali ifodalanadi. So‘zlaming shakli o‘zgarmaydi (so‘zlar turlanmaydi, tuslanmaydi), so‘z negiziga qo‘shimcha qo‘shilmaydi. Analitik tillarda grammatik ma'no yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi, takror, ohang orqali ifodalanadi. Analitik tillarga hind-yevropa tillari oilasiga mansub bo’lgan ingliz, fransuz tillari kiradi. Analitik tillarda grammatik munosabatlar sintaktik yo‘l bilan ifodalanadi. Yordamchi so‘zlar va so‘z yasovchi elementlar grammatik munosabatni ta’minlaydi.
Ko‘pgina tillarda bir vaqtning o‘zida ham analitik, ham sintetik vositalardan foydalaniladi. Lekin bu vositalar nisbat nuqtayi nazaridan bir xil emas: ba’zi tillarda so'zning grammatik shaklini o‘zgartirishda, ya’ni gapda so‘zlarni bir-biri bilan bog‘lashda ko‘proq sintetik vositalardan, ba’zi tillarda esa analitik vositalardan foydalaniladi. Sintetik tillarda grammatik affikslar bajaradigan vazifalami analitik tillarda so‘z tartibi, yordamchi so‘zlar kabi vositalar bajaradi.
Hozirgi zamon tilshunosligida V.Fon Gumboldt yaratgan morfologik tipologiya ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilib, tillami to‘rt turga ajratish an’anaga aylangan. Bu tasnif asosida Gumboldt sistemasi yotgan bo‘lsa ham, uning uzoq vaqt saqlanib qolishiga Gumboldtdan keyin yashab ijod etgan tilshunoslar o ‘z hissalarini qo‘shdilar.
Flektiv tillar. Flektiv tillar (flexio lotincha so‘z bo‘lib, “egilmoq”, “bukilmoq” degan ma’noni bildiradi) tipiga hind-yevropa va xom-som tillar oilasiga mansub bo’lgan tillar kiradi. Bu tillar sintetik flektiv tillar va analitik flektiv tillarga ajratiladi.