Amorf (shaklsiz) tillar(V. Fon Gumboldt tasnifiga ko‘ra ajratuvchi tillar). Bu tillarga, asosan, xitoy-tibet tillari (xitoy, tibet, tay, vyetnam va boshqalar) kiradi. Ularning asosiy xususiyatlari so‘zlari ko'proq bir bo‘g‘inli ekanligi, affikslar, fleksiyalaming uchramasligi, gapda so‘zlar orasidagi sintaktik bog‘lanish, asosan, so‘z tartibi va ohang orqali amalga oshirilishidir. So‘zning gapda tutgan o‘mi uning qaysi gap bo’lagi vazifasini bajarayotganini va qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanini ko‘rsatadi.
Polisintetik (mujassamlantiruvchi tillar)tillar. Bu tillarga amerikalik hindular va Rossiyadagi chukot, koryak tillari kiradi. Polisintetik tillar ko‘p jihatdan hali o‘rganilmagan. Hozirgi kunda maium boigan manbalarga qaraganda, bu tillarda so‘z tushunchasi nisbiydir. Chunki bui tillardagi so‘z boshqa tillardagi ayrim tovushlarga to‘g‘ri kelib, o‘zining uzil-kesil ma’nosini faqat gap tarkibidagina namoyon etadi. Odatda. bu so‘z-gapda elementlar bir-biriga qo‘shilib yoziladi. Bu tillardagi gaplar boshqa tillardagi so‘zga to‘g‘ri keladi. Masalan, naxuati tilidagi qanivatcar canivinjgu gapning ma’nosi «men uyning oldida ichdimmi?, ya’ni «uy+oldida + o‘tgan zamor +ichmoq+savol shakli.
Chinuk tilidan yana bir misol: inialudam- «men buni unga bergani keldim». Bu gapda «d» elementi «bermoq» fe’li bo‘lib, gapning o‘zagini tashkil etadi
Gap shundaki, sof agglutinativ yoki flektiv til bo`lmaganidek, sof o`zakli yoki sof polisintetik til ham bo`lmaydi. Masalan, agglutinativ til hisoblangan turkiy tillarda fleksiya ham uchraydi.
XIX-XX asrlarda tuzilgan mavjud morfologik klassifikatsiya hozirgacha o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. U tillarning grammatikalarini tuzishda, ularning tarixini o`rganishda va dunyo tillarini qiyosiy-tipologik yo`l bilan tadqiq qilishda xizmat qilib kelmoqda.
Savollar: 1. Til tiplari haqida nimalarni bilasiz?
2. Tillarning morfologik klassifikatsiyasini aytib bering.
3. Agglutinativ tillarga qaysi tillar kiradi?
4. Flektiv t tillarga qaysi tillar kiradi?
5. Polisintetik tillarga qaysi tillar kiradi?
6. O’zakli yoki ajratuvchi tillarga qaysi tillar kiradi?
7. Bu morfologik klassifikatsiya qachon tuzilgan?
8. Jahon tillari qanday tasnif qilinadi?
9.Tillarning geneologik tasnifida tilning qaysi jihatlari asos qilib olinadi?
10.Tillarning morfologik tasnifiga kim asos solgan?
11.Agglyutinativ tillarga qaysi tillar kiradi?
12.Tillarni tasnif qilish nima uchun kerak?