SEMINAR MASHG’ULOTLARI MATERIALLARI
1 -seminar mashg’ulot
Mavzu: Tilning ijtimoiy ko‘rinishlari. Sotsiolingvistika. Millatlararo tillar. Xalqaro tillar. Sun’iy tillar.
Reja:
1.Til va tafakkur munosabati.
2.Til – fikr ifodasi.
3.Til – fikr manbayi sifatida.
4. Sotsiolingvistika
Til va tafakkur chambarchas bog'liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr va so‘z munosabati juda murakkab bo‘lib, fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaguncha, ya'ni so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning mohiyatini tashkil etadigan har qanday idrok ham faqat so‘zlar vositasi bilangina namoyon bo‘ladi. Til va tafakkur faqat kishilargagina xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi bilan bog'liqdir. Til va tafakkur bir narsa emas. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni fikrning ma'lum bir shakliga solib, so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi.
Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy-nazariy soha.
Ma’lumki, har bir inson o‘zi yashab turgan muhitda, jamiyatda ulg‘ayadi, tarbiya topadi. Albatta, har qanday tarbiyaning, ayniqsa, til, ma’naviy komillik, milliy o‘zlik tarbiyasining asosiy o‘chogi bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, birinchi navbatda, oiladir. Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” asarida shunday yozadi: “Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham qanday muhitda bolsalar, o'sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar.
Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi va yomon ahvolni o‘z uylaridan, ko'chadagi o‘rtoqlaridan, maktabdagi o‘quvchilardan qabul qiladilar”
Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik, hayotiylik, m e’yoriylik, hududiylik kabi qator mezonlarga amal qiladi. Avvalo, til voqelik sifatida mavjud bo’lishi uchun muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichidan o‘tishi kerak. Tilning paydo boiishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi uning tarixiyligi bilan bog’liq.
Tilning hayotiyligiuning aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjudligidir. Tilda so‘zlashuvchi jamiyat bolmasa, u o’lik tilga aylanadi. Til hayotiy bo’lishi uchun shu tildan foydalanadigan jamiyat zamr boiadi. Ba’zan o’lik tillar hayotiylik belgisiga ega bo’lishi mumkin, bunga ivrit tili misol qilib keltiriladi. Bu qarashni nisbiy deb baholash kerak. Negaki, til aloqa munosabat vositasi sifatida ahamiyatini yo‘qotdimi, uni sun’iy ravishda tiklab bolmaydi.
Dostları ilə paylaş: |