Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə85/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Savol va topshiriqlar:

  1. Til va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik haqida izoh bering.

  2. Sotsiolingvistika tilshunoslikning qaysi tomonini o’rganadi?

  3. Til va tafakkur o’rtasidagi farqlarni izohlang.


2-seminar mashg’ulot
Mavzu: Til fikr ifodasi va fikr manbayi sifatida.


Reja:
1. Kishilik tarixida urug’ tili, qabila tili, elat, xalq va millat tilining o’rni.
2. Tilning ijtimoiy vazifalari: emotiv, akkumulyativ, estetik va metalisoniy vazifalari.
Xalq tili ma’lum bir o‘ziga xos belgi, xususiyatlari bilan umumiy birlikka ega bo‘lgan tildir. U til taraqqiyotining qadim davrlarida shakllanish jarayonida bo‘lib, rivojlanib kelgan. Bu til shakli hozir ham mavjud. Jumladan, u jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida urug‘, qabila va elat tillari sifatida shakllanib kelganligi kuzatildi. Urug‘, qabila va elatlarning birlashuvidan xalq yuzaga kelgach, ularning tillari ham xalq tiliga aylandi. Boshqacha aytganda, tarixiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida qo‘llanib, rivojlanib kelgan urug‘, qabila, elat tili (lahjalari) keyinchalik umumbirlikka ega bo‘lib, xalq tili yoki umumxalq tili tarzida shakllandi. Demak, umumxalq tili etnos (xalq)ning shakllanish davri bilan yuzaga keladi. O‘zbek xalqining shakllanish jaryoni haqida taniqli o‘zbekshunos olim akademik K.Shoniyozovning fikri xarakterlidir. U o‘zbek xalqining etnik sifatida shakllanish jarayonini uch bosqichga bo‘ladi:
1-bosqich –IX-X asrlar;
2-bosqich –X asr o‘rtalaridan to XI asr o‘rtalarigacha;
3-bosqich –XI asr o‘rtalaridan to XII asr o‘rtalarigacha.
Ana shu davrlarda etnosga (xalqqa) xos barcha omillar me’yoriga yetib, o‘zbek xalqi shakllangan [K.Sh.Shoniyozov, 2001: 337-338].
S.Malovning fikricha “Etnik”ning shakllanish jarayoni VII-IX asrlar bilan belgilash mumkin, zero qadimgi bitiklarda “elat” va budun (ya’ni xalq) atamalari mavjud [S.E.Malov, 1952: 50].
Qolaversa ilk etnik birlik urug‘ – qabilalar davridan boshlangan. Bu davrlarda ilk etnik uyushma yuzaga keladi. Shuning uchun bu uyushmani etnik uchun etnogenezning boshlanish davri deb qarash mumkin. Bu albatta bizning mulohazamiz. Shunga ko‘ra, xalq tilining shakllanishjarayonini, taraqqiyot bosqichlarini belgilasa bo‘ladi.
Jumladan, urug‘, qabila, elat va xalq tili umumxalq tilining ilk bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi ilmiy manbalarda bu til ko‘rinishlari umumxalq tilining quyi shaklisifatida qaralib, “lahja-dialekt va shevalar” nomi bilan atala boshlandi. Demak, (urug‘, qabila, elat va xalq tiliga xos) “sheva”, “lahja”, “dialekt” kabi tushunchalar umumxalq tilining ilk yoki quyi bosqichini ifodalovchi shakl sanaladi.
Ular “yozuv tili”dan oldin ham, “yozuv tili”dan keyin ham umumxalq tilining keyingi ko‘rinishlarini xalq og‘zaki ijodi va jonli so‘zlashuv tilining yozma shaklini, ayniqsa, o‘zbek adabiy tili, milliy o‘zbek adabiy tili kabi yuqori ko‘rinishlarining yuzaga kelishida ham asosiy manba bo‘ldilar.
Xalq tilidagi qayd etilgan “sheva, lahja, dialekt, xususan, adabiy til, milliy til” kabi tushunchalarning o‘ziga xos jihatlari o‘zaro munosabatlari, farqli tomonlari, shakllanish davrlari va ta’riflari bo‘yicha ilmiy manbalarda juda ko‘p fikrlar mavjud. Ularning ba’zilari to‘g‘ri talqin etilgan bo‘lib, ayrimlari hali ham munozaralidir.
Xalq tilining quyi shakl (sheva, lahja dialekt va so‘zlashuv tili kabilar) ilmiy adabiyotlarda to‘liq va ancha yaxshi talqin etilgan. Ammo ba’zan “lahja” atamasining mazmuni aniq ifodalanmay qolgan. Ayrim ishlarda “lahja” ba’zan “sheva” ma’nosida, ba’zan esa “dialekt”ga tenglashtiriladi. Ilmiy manbalarda yozilishicha, “sheva”, “lahja” va “dialekt” tushunchalari umumxalq tilining o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo‘lgan mahalliy hududlar doirasidagi xalq tilining quyi shaklini ifodalaydi. Dialekt shevalar yig‘indisi bo‘lib, bir necha shevalardan tashkil topadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin