Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə86/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Savol va topshiriqlar:

  1. O‘zbek xalqining etnik sifatida shakllanish jarayoni necha bosqichga bo‘linadi?

  2. “Sheva”, “lahja”, “dialekt” kabi tushunchalarni bir-biridan farli tomonlarini ayting.

  3. Dunyoda jami nechta til va shevalar mavjud?



3-seminar mashg’ulot
Mavzu: Til birliklari va nutq birliklari. Til birliklarning alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi.
Reja:

  1. Til birliklari

  2. Nutq birliklari

Fonema. Tilning eng kichik birligi fonemadir. Fonema boshqa mayda qismlarga ajratilmaydi. Fonema tilda eng kichik birlik bo‘lgani bilan, eng katta vazifani bajaradi. Barcha birliklar tarkibida fonemalar mavjud bo‘ladi. Fonemaning nutqdagi birligi tovush va harfdir. Fonema tovushning ma’no farqlashga xizmat qiladigan turidir. Yoki boshqacha qilib aytsak, fonema so‘zlarni tovush jihatdan farqlaydi. Masalan: bolg‘a - bolta, ko‘z – so‘z, men, sen kabi. Bolg‘a so‘zidagi g‘ o‘rniga t (tovush) harfini qo‘ydik va yangi so‘z yasaldi. Bu so‘zdagi faqat t harfi (tovushi) gina fonema hisoblanadi.
Morfema. Tovushlar qo‘shilib ma’no ifodalaydi. So‘zning eng kichik ma’no ifodalovchi qismi morfemadir. So‘zning har qanday qismi ham ma’no ifodalavermaydi. Masalan, kitob so‘zining birinchi bo‘g‘ini ki hech qanday ma’noga ega bo‘lmagani uchun morfema ham bo‘la olmaydi. Fonema ma’no farqlashga xizmat qiluvchi eng kichik birlik bo‘lsa, morfema ma’no ifodalashga xizmat qiluvchi eng kichik birlikdir. Shu sabab ham morfemalar boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydi. Masalan: o‘qi+t+uvchi+lik, ish+chi+lar+ga, tadbir+kor+lik kabi so‘zlaridagi -t,-uvchi,-lik, -chi, -lar, -ga, -kor, -lik kabilar. Morfema so‘z va so‘zning tarkibiy qismidan iborat bo‘ladi. SHu jihatdan morfemalarni ikkiga: o‘zak morfema va affiks morfemalarga bo‘lamiz.
Leksema. Leksema til birligi. Uning nutqdagi birligi so‘zdir. Leksema fonemalarning qo‘shilishidan iborat bo‘ladi. Har bir leksema ma’lum bir ma’no ifodalaydi.Til birligi bo‘lgan leksemaning tashqi - ifoda tomoniga uning shakli, tovush jihati – nomema kirsa, leksemaning semema, ma’no – mazmun tomoniga denotatlar – narsa, hodisa, harakat, holat, belgi – keng ma’nodagi muayyan predmetlarni nomlaydi [R.Rasulov, 2017: 199].
Masalan: qalam leksemasi anglatgan ma’no denotat tafakkurimizda o‘quv quroli degan ma’noni paydo qiladi. Qalam so‘zi qalam tushunchasini beruvchi leksemaning ma’nosini shakllantiruvchi q+a+l+a+m fonemalarining sistem bog‘lanishi asosida hosil qilingan. Har bir leksema shu kabi denotativ va semantik ma’no ifodasiga ega bo‘ladi. Leksema tayyor holda til birligi sifatida nutqqa k o‘chiriladi. U hammaga tushunarli bo‘lgan so‘z tarzida nutqda voqelanadi. Leksema til sistemasining leksik birligidir yoki boshqacha qilib aytsak, lu g‘at boyligidir.
Model. Tilimizda so‘z birikmalari va gaplar tayyor holda uchramaydi. Ularning qolipi yoki andozasi bo‘ladi, xolos. Shu qoliplar asosida istalgancha gaplar tuzamiz. Gap tarkibidagi leksemalar, morfemalar ma’lum model qonuniyatlari asosida birikib keladi. Har qanday bir leksema ikkinchi leksema bilan birika olmaydi. Shuningdek, qoliplar ham turlicha bo‘ladi. Masalan: ega+kesim gap modeli, Akmal keldi, aniqlovchi+kesim gap modeli katta ko‘cha kabi. Turkiy tillarda gap qolipi bo‘yicha avval ega keyin kesim kelsa, Hind – evropa tillari qolipi bo‘yicha asosan avval kesim keyin ega joylashadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin