Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə78/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

2-§. Tavsifiy metod
Bu metod jahon tilshunosligining eng qadimiy va dastlabki yetakchi metodi hisoblanib, qadimgi arab, yunon, hind, xitoy, rim tillariga oid yaratilgan asarlar –grammatikalar mazkur metod asosida yaratilgan. Tavsifiy metod sinxron analiz metodi bo‘lib, ob’ektni (matnni) turgan holatida berilgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi. Tavsifiy metod tomonidan olingan ma’lumotlar barcha metodlar uchunmtayanch nuqta hisoblanadi. Struktur metod ushbu metod xulosalariga tayanib ish ko‘radi, qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Shu bois tavsifiy metod turli davrlarda turli lingvistik maktablar va yo‘nalishlarga xizmat qilgan. Hozir ham boshqa metodlar bilan ish olib borayotgan mutaxassislar turli tillarga oid darslik, qo‘llanmalar, monografik tadqiqotlarni shu metod asosida yaratmoqdalar. Tavsifiy metodda tadqiq qilish jarayoni quyidagi 2 bosqichda olib boriladi:
I bosqich - komponent tahlil bo‘lib, unda matn gaplarga, gaplar so‘zlarga, so‘zlar morfemalarga, morfemalar esa fonemalarga ajratilib tahlil qilinadi. Komponent tahlil metodi so‘z ma’nosini tarkibiy qismlarga – komponentlar (semalar)ga ajratish, har bir semaning so‘z ma’nosi - semema tarkibidagi ahamiyati, o‘rni, imkonini aniqlash, ishlatilish doirasini belgilash bilan shug‘ullanadi. Komponent tahlil qilish metodi orqali so‘z ma’nosi mantiqan zaruriy bo‘laklarga – komponentlarga ajratiladi, ajratilgan bo‘laklarning har biri alohida o‘rganilib, ularning so‘z ma’nosi tarkibidagi “quvvati”, nutqda qanday vazifa bajarishi o‘rganiladi. Sema va sememalarning o‘zaro bog‘liqligi butun va bo‘lak nuqtai nazaridan baholanadi.
II bosqich - kontekstual tahlilda komponent tahlil bosqichida olingan ma’lumotlar muayyan guruhlarga umumlashtiriladi. Ushbu tahlillar til birliklarining tildagi vazifasi, tuzilishi, qo‘llanishi kabilarni tavsiflashga, ilmiy izohlashga, umumlashma xulosalar chiqarishga xizmat qiladi. Bunda ijtimoiysotsiologik, talaffuz-akustik, fanlararo tahlil, distributiv tahlil usullaridan foydalaniladi.
1. Ijtimoiy-sotsiologik usul so‘zlarni tematik guruhlash, lingvistikjug‘rofiy o‘rni, mavqei, me’yoriy-uslubiy xususiyatlarni o‘rganadi.
2. Talaffuz-akustik usul orqali nutq tovushlarining talaffuz-eshitilish xususiyatlari, fonetik hodisalar tahlili o‘rganiladi. Bunda ayniqsa eksperimentalfonetik tahlil metodi muhim o‘rin tutadi.
Ushbu metodda nutq tovushlari, intonatsiya, pauza, ritm kabi fonetik hodisalarni maxsus texnik vositalar, asboblar yordamida tadqiq qilinadi. Ushbu metodda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Somatik usul – gapirish-so‘zlash jarayonida fiziologik jarayonlarning jismoniy harakatlari ifodasini o‘rganadi. Artikulyatsiya a’zolarini suratga olish, nutq apparatining rentgen tasvirini tushirish, nafas olish jarayonini o‘lchash – bu metodning usullari hisoblanadi.
Pnevmatik usul – talaffuz jarayonidagi nutq a’zolari harakati, havo oqimining og‘iz, burun va bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi harakati natijasida hosil bo‘luvchi og‘iz, tovush va shovqinlarning o‘zgarishi aniqlanadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin