Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə71/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

XVI.Turkiy tillar oilasi.
Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so`zlashuvchi xalqlar Osiyo, yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu tillarda so`zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi.
Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy, balqar, qo`miq, no`g`oy, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg`iz, o`zbek, qoraqalpoq, chuvash, uyg`ur, qozoq.
Turkiy tillar quyidagilardan iborat.
A. G`arbiy xun tarmog`i.
1.Bulg`or tillari gruppasi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg`or va xazar tillari.
2.O`g`uz tillari gruppasi: a) turkman tili – Turkmaniston xalqining tili; b) truxman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o`lkasida yashovchi turkmanlarning tili; v) o`g`uz-bulg`or tillariga gagauz va bolqon turklari tillari kiradi; g) o`g`uz-saljuq: ozarbayjon va turk tillari, shuningdek urum tili.
3.Qipchoq tillari gruppasi: a) qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning janubida va Qrimda istiqomat qiluvchi qaray elati so`zlashadi; b) qo`miq tilida Dog`iston Avtonom respublikasida istiqomat qiluvchi qo`miqlar so`zlashadi; v) qorag`oy-balqar tilida Kavkazda yashovchi qorachoy va balqar elatlari so`zlashadi; g) qrim-tatar tilida qrim, belorus, litva tatarlari so`zlashadilar; d) tatar tili boshqird tili, j) no`g`oy tili, z) qoraqalpoq tili, i) qozoq tili.
4.Qarluq guruhi. O`zbek va uyg`ur tillari. O`zbek tili o`zbek xalqining milliy adabiy tili bo`lib, bir-biridan fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan shevalardan tashkil topgan.
Uyg`ur tili O`rta Osiyo, Qozog`iston va Xitoy Xalq Respublikasining Sintszyan-Uyg`ur Avtonom respublikasida yashovchi uyg`ur xalqining tilidir.
B.Sharqiy xun tarmog`i.
1.Uyg`ur, o`g`iz tillari gruppasi: a) tuva tili, Tuva va Mongoliya Xalq Respublikasi terrritoriyasida yashovchi tuva xalqining tilidir; b) tofalar (karagass) tili Krasnoyarsk o`lkasida yashovchi elat tili.
b) Yoqut tili Yoqutiston ASSRda yashovchi yoqutlarning tilidir.
v) Xakas tillari gruppasi: xakas tili, shor tili, cho`lim tili (cho`lim tatarlari tili), oltoy tilining shimoliy shevalari.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin