2-§. Tillarning geneologik tasnifi
Hind-Yevropa tillar oilasi eng keng tarqalgan tillar oilasidir. Bu tillar ko`proq Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Osiyo (masalan, Hindiston), Amerika, hatto Avstraliya va Afrikada ham hind-evropa tillaridan foydalaniladi.
Hozirgi hind-evropa tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko`ra quyidagi gruppalarga ajraladi: hind, eron, slavyan, boltiq, german, roman, kelt, grek, alban, arman.
Bu tillarning barchasi umumiy qonunga ega, ya’ni ularda o`zak, affiks va tovush muntazam mos keladi.
I.Hind-evropa tillari oilasi.
1.Hind tillari gruppasi. Bu gruppaga quyidagi tillar kiradi: Jonli tillar: hind va urdu tillari, bengal tili, panjob tili, laxndo tili, sinx tili, rajastxon tili, gujarat tili, assam tili, kashmir tili, lo`lilar tili. O`lik tillar: Sanskrit – qadimiy hind adabiy tili. Bu til eramizdan avvalgi VI asrgacha aloqa quroli sifatida ishlatilgan va mashhur asarlar ushbu tilda yozilgan. Hozir esa u o`lik til hisoblanadi. garchi o`lik til sifatida qo`llanishdan chiqib qolgan bo`lsa-da, hozirgacha sanskrit kitob tili sifatida olimlar tomonidan ishlatilib kelinadi. Mashhur hind tilshunosi Panini sanskrit tilining birinchi grammatikasini yaratgan.
2.Eron tillari gruppasi. Fors tili, pushtu tili, tojik tili, kurd tili, osetin tili, sug`diylar tili – XX asr boshlarida O`rta Osiyoda topilgan til, pomir tili – yozuvga ega bo`lmagan Pomir tillari, skif, pahlaviy, xorazmiy, qadimgi fors, parfyan kabi tillar o`lik tillar hisoblanadi.
3.Slavyan tillari gruppasi. Slavyan tilllariga kiruvchi tillar 3 kichik gruppaga bo`linadi: sharqiy, janubiy, g`arbiy gruppalar.
a) sharqiy slavyan tillari: rus tili, ukrain tili, belorus tili;
b) janubiy slavyan tillari: bolgar tili, makedon tili, serb xorvat tili, sloven tili;
v) g`arbiy slavyan tillari: chex tili, slovak tili, polyak tili, kashub tili, serbolujiuk tili.
4.Boltiq tillari gruppasi. Litva, latish va latchal tillari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |