Savollar:
1.Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz?
2.Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha qiyosiy – tarixiy tilshunoslik ekanligi haqida nimalarni bilasiz?
14-ma’ruza
Mavzu: Dunyo tillari tavsifi va tillar tasnifi.
Reja
1.Tillarni tasniflash mezonlari.
2.Tillarning geneologik tasnifi.
3. Tillarning morfologik tasnifi.
1-§. Tillarnin tasniflash mezonlari
Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000ga yaqin. 200ta tilda – l milliondan ortiq, 70 ta tilning har birida - 5 milliondan ortiq, 13ta tilning har birida - 50 milliondan ortiq, qolgan tillarning har birida 1 milliondan ortiq aholi so‘zlashadi. Tillarning barchasi insonlar o‘rtasidagi aloqa aralashuvni ta’minlash vazifasini bajaradi. Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o‘zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o‘lik tilga aylanadi. Demak, til jamiyatga, ya’ni insonlarning o’zaro munosabatiga xizmat qiladi, shuning uchun ijtimoiy hodisa sanaladi.
Dunyo tillari turli tamoyillar asosida tasnif qilinadi. Tillar tasnifida geneologik, morfologik, tipologik tamoyillarga asoslaniladi. Dunyoda yigirmadan ortiq til oilasi bor. Hozirgi vaqtda tarixi o‘rganilib, qardoshligiga, yaqinligiga ko‘ra ajratilgan til oilalari quyidagilardan iborat.
I. Hind-yevropa tillari oilasiga hind, eron, slavyan, bolti german, roman, kelt, grek (yunori), alban, arman tillari kabi til guruhlari kiradi.
1. Hindiston tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: hind tili, urdu tili, bengal tili, maratxi tili, panjob tili, rajastoni tili, gujarati tili. Hind tillari guruhiga lo'li, sindxi tillari, sbuningdek, o‘lik tillardan sanskrit, pali, prokrittillari ham kiradi. Sanskrit tili qadimgi hind mumtoz adabiy tili boiib, bu tilda «Mahabxarata» («Bxaratlarning buyuk jangi haqida doston») hamda «Xito padesha» («Yaxshi nasi- hat») kabi epik asarlar yaratilgan. Eramizdan oldingi IV asrda hind olimi Panini o‘zining raashhur «Sanskrit grammatikasi» asarini yaratgan.
2. Eton tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi :or.v tili, pushtu-dori tillari, kurd tili, tojik tili, osetin tili, baluchi tili.
3. Slavyart tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: rus tili, ukrain tili, belorus tili, bulg'or tili, serb-xorvat tillari, chex tili, slovak tili, polyak tili, serbolujtillari; o iik tillardan qadimgi slavyan, polab, pomortillari.
4. Boltiq tillariguruhi: litva tili, latish tili; o‘lik tillardan prus tili.
5. German tillari guruhi: ingliz tili, nemis tili, daniya tili, shved tili, norveg tili, golland tili, island tili; o‘lik tillardan vesgotva ostgot tillari.
6. Roman tillari guruhi: fransuz tili, italyan, ispan tili, Portugal tili, rumin tili, moldova tili ,provansal tili, sardin tili, reto-roman tili; o‘lik tillardan lotin, osk, umbr tillari;
7. Kelt tillari guruhi: irland tili, shotland tili, breton tili, uels (valli) tili; o‘lik tillardan galva kornoul tillari ham kelt tillari guruhiga kiradi.
8 . Grek (yunon) tili. O‘lik tillardan qadimgi yunon, o‘rta yunon yoki Vizantiya tillariham grek tili guruhiga kiradi.
9. Alban tili guruhi.
10. Arman tili guruhi.
Tilshunoslikda tillarning bir necha klassifikatsiyasi mavjud. Bularning eng muhimlari quyidagilar: areal (geografiya), tipologik, geneologik, funktsional klassifikatsiya.
Dostları ilə paylaş: |