Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. .Irodaviy harakatni o`z ichiga oladigan motivlar hozir va o`tmishda urin olgan tashqi ta’sirlar natijasi tariqasida, kishining psixik rivojlanishi jarayonida uning hayot va faoliyat hodisalari bilan faol munosabati natijasida tarkib topadi va yuzaga chiqadi.
Odamlar o`zlarining qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga yuklashga moyil bo`lishiga qarab sezilarli farqlanadi. Kishining o`z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarga va sharoitga qayd qilib qo`yish, yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g`ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish (lokalizatsiya-mahaliylashtirish so`zidan olingan bo`lib, hatti-harakatni nazorat qilishni markazlashtirilishi desa ham bo`ladi).
O`z xulq-atvori va o`z ishlari sabablarini tashqi omillar bilan ( taqdir, holat, tasodif va boshqalardan) bog`liq deb bilishga moyil bo`ladigan odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokalizatsiyalashtirilishi to`g`risida gapiriladi. Bu toifaga mansub o`quvchilar olgan qoniqarsiz baholarini istagan vaj-bahona bilan tushuntirishadi.
«Topshiriq doskaga noto`g`ri yozilgan ekan», «Menga noto`g`ri aytib berishdi va meni adashtirishdi », «Uyimizga mehmon kelib, dars qilishga xalaqit berishdi», «Bu qoidani biz o`tganimiz yo`q edi», «Shu ma`ruza kitobimda, daftarimda yo`q ekan» va h.
Agar individ o`z qilmishlari uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olsa va uning sabablarini o`z qobiliyati, xarakteri va shu kabilarda deb bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvini ustun deb hisoblash uchun asos bo`ladi. Xarakatga undovchi xulq ichida tavakkalchilik ham ancha o`rin egallaydi. Kishining tavakkalchilik sharoitidagi hatti-harakati irodaning xarakterli ko`rinishlaridan biri sifatida namoyon bo`ladi.
Tavakkalchilik- bu sub’ekt uchun uning cheki noma’lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo`ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og`riq ta’sirini o`tkazish, travma-jarohat, obro`ni yo`qotish va shu kabilar) haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir.
Oqlangan va oqlanmagan tavakkalchilik farq qilinadi. Oqlangan tavakkalchilik yakunning har qanday noaniqligi va muvaffaqiyatsizlik keltirishi mumkinligiga qaramay oqlanmagan tavakkalchilikdan farq qilib, irodaviy qarorga kelayotgan paytda barcha «yoqlovchi» va «qarshi»larni tavakkalchilik hatti-harakatini belgilovchimotivlarning g`oyaviy va axloqiy yuksaqligi, oqilona o`ylab ko`rishni va shunday qilib, harakatning xavfsiz variantiga nisbatan xavfli variantini afzal ko`rishni nazarda tutadi.
Tavakkalchilik riskometr degan maxsus asbobda aniqlanadi. (Yo`lni qidirib topishga mo`ljallangan labirint-topishmoqlar, turli krossvordlar, masalani hal qilishdagi o`ta xavfli usul va vositalarni eslatish, yuqorida ishlaydigan kranchilar, alpinistlar, poygachilar tavakkalchilikning shu xavfli usulini afzal ko`rishlari aniqlangan).