Urganch davlat pedagogika instituti


Xarakter tarkibi, xarakterning shakllanishi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə72/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108
Umumiy psixologiya

Xarakter tarkibi, xarakterning shakllanishi.
Xarakterning kishida ko`rinadigan va tilimizda o`z ifodasini topgan xususiyatlari bexad Ko`p bo`lib, mingdan ortiqni tashkil etadi. SHu sababli xarakterning o`zgarib turadigan xususiyatlarini sanab va tasniflab berish juda qiyin. Bundan tashqari xozirgacha psixologiyada aniq bir tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan emas. Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga etib va norma chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiya “ortiqcha urg`u berilishi” deb ataladigan vaziyat paydo bo`ladi. Xarakterning ortiqcha urg`u berilishi – ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi chegarasidir.
Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xususiyatlariga, xarakterning ko`rinishlariga o`z ta’sirini kursatadi, ularning paydo bo`lishi va kechishining dinamik xususiyatlarini belgilab beradi.
Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga karshilik kursatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda flegmatik tipdagi odam o`zida tashabbuskorlik va kat’iylikni tarkib toptirishi qiyinrokdir. Jur’atsizlik va vaximalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo`lib xisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o`zini tuta bilishni va o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Xarakter xususiyatlarining paydo bo`lishi, uning tabiati, o`zgarishi mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning o`zok davom etib kelayotgan munozaralari mavzui bo`lib xisoblanadi.
Xarakter – ko`p jixatdan o`z-o`zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo`ladi, shu bilan birga, u shu faoliyatda shakllanadi ham. Agar yigit yoki kiz o`zini - o`zi tankid qilishni xarakterining xususiyati sifatida tarbiyalashga o`rinayotgan bo`lsa, ular o`zlariga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshishlari kerak.
Mexnat va o`qish tugrisida gapirmagan takdirda ham kunlalik turmush, oiladagi xayot sharoitlari insoniy xarakterlar maktabidir. Pedagoglar va ota-onalar oldida muntazam ravishda mas’uliyatli vazifa: bolalar xarakterida sezila boshlagan o`zgarishlarni o`z vaqtida sezish va ularni inobatga olgan xolda xulk-atvor va tarbiya soxasida o`z yulini amalga oshirish vazifasi turadi.
SHunday qilib, kishiga xarakter tabiatan berilmagan. O`zgartirib va qaytadan shakllantirib bo`lmaydigan xarakter bo`lmaydi. «Mening xarakterim shunaqa va men o`zimi xech narsa qila olmayman» deb baxona qilish psixologik jixatdan mutlaqo asossizdir. Xar qanday kishi ham o`z xarakterini barcha ko`rinishlari uchun javobgardir, xar bir kishi o`zini-o`zi tarbiyalash imkoniga egadir.
Xarakter kishining tashqi ko`rinishiga ta’sir qilar ekan, uning hatti harakatlarida, xulq atvorida, faoliyatida yorqin ifodasini topadi. Xarakter to`g`risida odamlarning hatti harakatlari asosida hukm chiqarish kerak. Odatdagi ish, faoliyat va hatti - harakatlar tizimi - kishi xarakterining poydevoridir. Xarakterni kishining odatlari ham yaxshi namoyon qiladi. 6
Xarakter sotsial tabiatga ham ega, ya’ni, kishining dunyoqarashiga, uning faoliyat mazmuni va shakliga, u yashayotgan va ishlayotgan jamoada, boshqa odamlar bilan qanday munosabatda bo`lishiga bog`liq. Eng muhimi kishi ekstremal vaziyatda o`zini yaqqol ko`rsata oladi.
Kishining istalgan, shu jumladan, ichki psixologik holatlarga qarshilik qila olish qobiliyati uning o`zini o`zgartiradigan qudratli kuchi borligini, uning shaxs sifatida rivojlantirish negizini namoyon qiladi.
Shaxs nimaga va qay darajada qodirligiga qarab unda birinchi o`rinda konkret xarakteriologik emas balki ijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlari chiqadi va bunga u qay darajada qodir bo`lmasa, shaxs odatdagi vaziyatlarda boshqalardan ajralib turadigan individual sifatlari bilan benishon ko`milib ketishi mumkin.
Buning ustiga odamlar aynan bir xil holatlarni har doim ham bir xil aks ettirmaydilar: «Kimki bajarishni istasa vosita izlaydi, kimki istamasa bahona izlaydi». Artist o`zi o`ynagan qaxramoni xarakteriga tushib qolganini bilmay qolishi mumkin. (Italiyalik sobiq firibgar ijobiy kahramon rolini o`ynab avvalgi xarakterini tamomila o`zgartirib yuboradi.) Yoki sobiq yosh qoidabuzar unga ishonch bildirilgach shu ishonchni oqlashga urinib o`zi eng odobli, intizomli kolonistga aylanishini A. S. Makarenko isbotlagan.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin