Qobiliyatlar tuzilishi, talantning paydo bo’lishi va tuzilishi. Qobiliyat sifatida namoyon bo`ladigan fazilatlar yig`indisining to`zilishi okibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning xar xil turlari uchun turlicha bo`ladi. Masalan, adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik tuyg`ularning yuksak taraqqiy etgan darajasini, xotirada yorqin ko`rgazmali obrazlar mavjudligini, til xissini, boy fantaziyani, odamlar psixologiyasiga nisbatan zo`r qiziqishni, o`z-o`zini ifodalash extiyojini va shu kabilarni taqoza qiladi. Musiqiy, pedagogik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va juda ko`p qobiliyatlar to`zilishi o`ziga xos xarakterga egadir.
Konkret qobiliyatlar tuzilishini tashkil etadigan shaxs xislatlari va xususiyatlari orasida ba’zi birlari etakchi o`rinni egallasa, ba’zi birlari yordamchi rolni o`ynaydilar. Jumladan, pedagogik qobiliyatlar to`zilishida pedagoglik odobi, qo`zatuvchanlik, bolalarga muxabbat, ularga nisbatan yuksak talabchanlik bilan qo`shib olib boriladigan bilim berishga extiyoj, yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir qator tashkilotchilik qobiliyatlari kompleksi etakchi fazilatlar xisoblanadi.
Qobiliyatlarning turlari:umumiy va maxsus qobiliyatlar. Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo`lishi mumkin. Xar turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini o`rganar ekanmiz, biz bu qobiliyatlarda birgina emas, balki juda ko`p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatning bir muncha torroq doiralarga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin.
Ayrim kishilarda bu umumiy fazilatlar yorqin ifodalanadi. Masalan, Ibn Sino ham vrach, ham yozuvchi, ham musiqachi, ham matematik va xokozo qobiliyatlarga ega bo`lgan. Hamza Xakimzoda Niyoziy ham dramaturg, shoir, kompozitor, pedagog, jamoat arbobi bo`lgan. Ayrim kishilarda esa fazilatlar ko`proq bir faoliyatga tegishli bo`ladi. Masalan, rassomlikka, kompozitorlikka, naqqoshlikka qobiliyat va xokozo.