Urganch davlat pedagogika instituti


Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə42/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
bt majmua boshqatdan

Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari
Ragʻbatlantirish metodlari – oʻquvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni koʻzda tutadi. Ragʻbatlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi, oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradi, oʻz faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Ragʻbatlantirish metodlari xilma-xil boʻlib, ular tarkibiga ma’qullash, koʻngil koʻtarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, ogʻzaki va yozma tashakkur bildirish, mukofatlash va boshqalar kiradi.
Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim. Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Ragʻbatlantirish vaqtida oʻquvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan oʻrnini hisobga olish va u ketma-ket boʻlmasligi kerak.Haddan oshirib maqtash jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni boʻshashtirib yuborish, bular oʻquvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ragʻbatni tashkil etishda oʻquvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi oʻrni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning oʻziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.
Jazo berish metodlari – bu oʻquvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, oʻzini gunohkor deb bilish hissini uygʻotishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qoʻllab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham hilma-xil boʻlib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish xatti-harakatlarni jamoa oʻrtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.
Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq boʻlib, oʻquvchilarning aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chogʻida salbiy xatti-harakatning sabablari uning jamoaga yetkazadigan zarari, oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish lozim. Jazo berish oʻquvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha hollarda ham oʻquvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni tahqirlanmasligi, sha’nini yerga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak. Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni, shuningdek, oʻzaro bir-biriga ta’sirini hisobga olgan holda qoʻllash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari, tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan boʻlsada, ular bir-biridan farq qiladi. Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turiga kiradi.
Oʻyin, oʻquv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Chunonchi, koʻrgazmali, oʻquv qurollari badiiy-ilmiy adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televideniye, kompyuter, magnitofon, slaydo, shuningdek, kishilar ham tarbiya vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuygʻu, xulq-atvor tarkib toptiriladi. Oʻquvchining turli koʻrinishdagi faoliyati uyushtiriladi.
Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnika vositalaridan foydalanishga alohida diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish oʻquvchilarning ma’naviy kamol topishiga olib keladi.
Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Tarbiya jarayonining asosini, ijtimoiy hayotining obyektiv talablarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etgani bois tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarni chuqur oʻrganishni talab etadi.
2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga koʻra ish koʻrilayotganligiga ham bogʻliq. Tarbiya tamoyillari yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqqan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisidir.
3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga qoʻyilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari oʻzaro oʻhshash jihatlariga koʻra uch guruhga boʻlinadi. Tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan tarbiya vositalari metodlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani toʻldiradi, nimaga yoʻnaltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yoʻl) tarbiya maqsadiga erishishning yoʻli. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, iroda, tuygʻulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi oʻzining imkoniyatiga koʻra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda oʻzining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qoʻyilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi oʻzining tarbiyalanuvchilari bilan yoʻl ochadigan oʻrganilmagan soʻqmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yoʻllar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni toʻgʻri qoʻllay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir koʻrsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yigʻindisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni koʻrsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni koʻrsatish – bu usullar. Soʻz (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bogʻliqlikda ba’zan tarbiya metodlari qoʻyilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud boʻladi.
2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni
Metodning ijobiy va salbiysi boʻlmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yoʻlni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bogʻliq.
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday boʻlsa, unga erishish metodlari unga muvofiq boʻlishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan toʻldirilgan boʻlishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bogʻlash gʻoyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga oʻxshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bogʻliqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son koʻrsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi oʻz aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuygʻusini boshlangʻich ta’lim, oʻrta ta’lim va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qoʻllaniladi.
4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. Oʻzini oʻzi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bogʻliqlikda pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlari ham oʻzgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga, oʻzining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar boʻlmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda koʻrinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.
7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bogʻlangan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qoʻllanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi koʻrgazmali qoʻllanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat oʻzi biladigan va qoʻllashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Koʻplab metodlar murakkab boʻlganligi bois, oʻkituvchida koʻp kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan boʻyin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past boʻladi.
9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta boʻlsa, «kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qoʻllaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga boʻlinishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy oʻrgatish bilan bogʻliq.
10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch boʻlishi kerak.Buning uchun qoʻllanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan koʻra bilish kerak.
3. Tarbiya metodlarining tasnifi
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni oʻzida aks ettiradigan oʻnlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar oʻziga xos xarakteriga koʻra ishontirish, mashq, ragʻbatlantirish va tanbeh berishga boʻlinadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uoʻzida yoʻnalganlikni, oʻziga xoslikni, qoʻllanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning koʻproq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U oʻzida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, oʻquvchilarning xulq-atvorini ragʻbatlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, oʻrgatish va mashq metodlari, ragʻbatlantirish, toʻsqinlik qiluvchi, boshqarish, oʻzini-oʻzi tarbiyalash. Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin