Urganch davlat pedagogika instituti


MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISHGA INTILISH MOTIVI SHAXSNING USTUVOR XUSUSIYATI SIFATIDA(1-4 SINF TARBIYA DARSI)



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə45/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
bt majmua boshqatdan

MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISHGA INTILISH MOTIVI SHAXSNING USTUVOR XUSUSIYATI SIFATIDA(1-4 SINF TARBIYA DARSI).
Reja:

  • Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini baholashga qo‘yayotgan talablar.

  • O‘z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatish.

  • Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi.

  • O‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo‘lishi.



Tayanch tushunchalar: motiv, muvaffaqiyot, ijtimoiylik, xulq, baholash, qobiliyat, xalq.


SHAXS VA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH MUAMMOSI
Maqsad: SHaxsning o‘z-o‘zini baholash
Zarur material. SHaxsning ayrim fazilatlarini xarakterlovchi so‘zlar, saranjomlik, beg‘amlik, sermulohazalik, tajanglik, zehnli bo‘lish, g‘ururli bo‘lish, qo‘rslik, xushchaqchaqlik, g‘amxo‘rlik, hasadchilik, uyatchanlik, samimiylik, izlanuvchanlik, injiqlik, ishonuvchanlik, sustkashlik, xayolparastlik, vahimachi bo‘lish, qasoskorlik, matonatlik, nafislik, bemalollik, asabiylik, jur’atsizlik, o‘zini tuta bilmaslik, jozibadorlik, jizzakilik, ehtiyotkorlik, iltifotli bo‘lish, pedantlilik, harakatchanlik, gumonsirashlik, prinsipiallilik, shoironalik, ko‘rolmaslik, ochiq chehralik, shilqimlik, be’manilik, dadillik, ishga berilib ketib o‘zi­ni unutib yuborish, vazminlik, achinishlik, nomuslilik, chidamlilik, qo‘rqoqlik, qiziquvchanlik, sabotlilik, ko‘ngilchanlik, beparvolik, tashabbuskorlik.
Topshiriqning bajarilishi. O‘z-o‘zini baholash saviyasini miqdoriy ifodasini topishda quyidagi metoddan foydalaniladi.
Sinaluvchi oldin yuqorida keltirilgan so‘zlar orasi­dan o‘zida mavjud bo‘lgan xislatlarni ifodalovchi so‘z­larni topadi. So‘ngra o‘zida qanday xislatlar bo‘lishini xohlovchi so‘zlarni topadi.
Sinaluvchi berilgan so‘zlarni diqqat bilan ko‘rib chiqadi, so‘ngra ularni ikki qatorga (har qatorga 10—20 gacha so‘z) yozib chiqadi. Birinchi qatorga o‘zining idealiga mos, ikkinchi qatorga esa o‘zida bo‘lmasligini ifodalov­chi so‘zlarni yozadi. Ikkinchi qatorni shartli ravishda «anti ideal» deb atashi mumkin. Birinchi qatordagi so‘z­lar «ijobiy» ko‘plikni, ikkinchi qatordagi so‘z­lar «salbiy» ko‘plikni tashkil etadi. Ular mezon bo‘lib hisoblanadilar.
So‘ngra sinaluvchi «ijobiy» va «salbiy» ko‘pliklar orasidan o‘zida bor xislatlarga mos bo‘lgan so‘zlarni topadi. Bunda sinaluvchi mazkur xislatlarning qanday ifodalanganligi darajasini emas, balki uning o‘zida bor yoki yo‘qligini ko‘zda tutmog‘i lozim («Ha» yoki «Yo‘q»).
Bajarilgan topshiriq natijalarini ishlab chiqish. Sinaluvchi tanlab olgan fazilatlar soni har bir ko‘plik uchun sanalib chiqiladi va tegishli mezon qatoridagi umumiy so‘zlar soniga taqsimlanadi; Agar ijobiy ko‘plik bo‘yicha koeffitsient birga yaqin bo‘lsa, bu sinaluvchi o‘zini ortiqcha baholab yuborgani va o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lmaganidir. Salbiy ko‘p­lik bo‘yicha koeffitsientning ijobiy ko‘plik bo‘yicha nolga yaqinligi o‘ziga etarli baho bermaganligidir.
Koeffitsientning 0,5 ga yaqin bo‘lishi sinaluvchining o‘ziga normal, o‘rta baho berishini ko‘rsatadi.
SHu bilan birga u o‘zini ortiqcha baholab yubormasdan, o‘z-o‘ziga tanqidiy yondashganligini ko‘rsa­tadi.
Topshiriqning bajarilishi. Bu eksperimentni ikki qator qilib yozib qo‘yilgan so‘zlar orasida-gi bog‘lanishning koeffitsientini hisoblab chiqish yo‘li bilan o‘tkazish mumkin. Bunda sinaluvchi ro‘yxatda berilgan so‘zlar orasidan tanlab olib ikki qatorga 20 tadan so‘z yozib chiqadi. Birinchi qatorga sinaluvchiga kamroq ma’lum bo‘lgan fazilatni ifodalovchi so‘zlar yoziladi. Undan keyin sinaluvchining ko‘ngliga ko‘proq yoqadigan fazilatni ifodalovchi so‘zlar yoziladi va hokazo. Nihoyat, sinaluvchiga eng ortiq darajada yoqadigan fazilatni ifodalaydigan so‘zlar yoziladi. SHundan so‘ng sinaluvchi ikkinchi qatorni tuzadi. Uni sinaluvchi o‘zida kam dara­jada mujassamlashgan fazilatni ifodalaydigan so‘zlardan boshlaydi. So‘ng sinaluvchi o‘zida ko‘proq mujas­samlashgan fazilatni ifodalaydigan so‘zlarni yozadi va hokazo. Oxirgi o‘rinda esa sinaluvchi o‘zida eng ko‘p mujassamlashgan xislatlarni ifodalovchi so‘zlarni yozadi.
Bajarilgan topshiriq natijalarini ishlab chiqish. Har ikkala qatorga yozilgan xossalarning tartib nomerlari ularning darajalari deb qabul qilinadi. U yoki bu xossani belgilab beruvchi nomerlar (darajalar) quyidagi formula yordamida hamma vaqt korrelyasiyani hisoblab chiqish imkonini beradi.
Bunda - ko‘rilayotgan xossalar soni.
- daraja nomerlarining farqi.
Masalan, sinaluvchi quyidagi ikki qatorni tuzadi:
1. Hasadgo‘ylik.
2. O‘zini tuta bilmaslik.
3. Ishonuvchanlik.
4. Qasoskorlik.
5. Ko‘rolmaslik.
6. Gumonsirashlik.
7. Qo‘rqoqlik.
8. Xushchaqchaqlik.
9. Uyatchanlik.
10. Pedantlilik.
11. Odamovilik.
12. Achinishlik.
13. Izlanuvchanlik.
14. Nafislik.
15. Nomuslilik.
16. Tashabbuskorlik.
17. G‘amxo‘rlik.
18. Mag‘rurlik.
19. Ochiq chehralik.
20. Prinsipiallilik.
1. Ishonuvchanlik.
2. O‘zini tuta bilmaslik.
3. Hasadgo‘ylik.
4. Pedantlilik.
5. Gumonsirashlik.
6. Tashabbuskorlik.
7. Uyatchanlik.
8. Xushchaqchaqlik.
9. Qurqoqlik.
10. Qasoskorlik.
11. Nafislik.
12. Mag‘rurlik.
13. Prinsipiallilik.
14. Ochiq chehralik.
15. G‘amxo‘rlik.
16. Nomuslilik.
17. Izlanuvchanlik,
18. Nafratlilik.
19. Odamovilik.
20. Achinishlik.
Darajalar farqini aniqlaymiz:
Hasadgo‘ylik (1—3)=2; O‘zini tuta bilmaslik (2—2)=0; Ishonuvchanlik (3—1)=2; Qasoskorlik (4—10)=6; Ko‘rolmaslik (5—18) — 13 va xokazo.
Bizning misolga 22+02+22+62+132+12+0CH52+ +32+82+82+42+32+12+102+23+62+52+7=620.
Demak,

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin