Urganch davlat pedagogika instituti


MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJOBIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI (1-4 SINF TARBIYA DARSI)



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə48/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
bt majmua boshqatdan

MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJOBIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI (1-4 SINF TARBIYA DARSI).
Reja:

  • SHaxsda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari.

  • Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish mazmuni.

  • Innovatsion tarbiya texnologiyalarining o‘quvchilarning axloqiy sifat va fazilatlarini shakllantirishda foydalanish.



Tayanch tushuncha: innovatsiya, manaviyat, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion
Tarbiyani eng avvalo insonning o‘ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan «o‘zbek modeli» da juda to‘g‘ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat e’tibori uni o‘zligini anglashga qaratildi. O‘zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan uning o‘ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasiining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunida ta’lim sohasini O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustivor deb e’lon qilinadi.

Ta’limning, o‘qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy xuquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi hohlagan kasbini tanlash jihatidan rivojini ta’minlash, o‘zi hohlagan shu sohada faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo‘g‘ini, turi va bosqichining o‘ziga hos vazifalari kelib chiqadi.

Ta’lim pedagoglarning faoliyatidan va o‘quvchi talabalarning faoliyatidan iborat qo‘shaloq jarayondir.

Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilmiy bilimlari qurollanadilar. Buning natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir.

Ma’lumot olishning to‘g‘ri va ishonchli yo‘li davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bilim beradigan aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o‘quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim tarbiya jarayonidir.

Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uyg‘unlash yagona jarayondir.

Unda o‘qituvchi-tarbiyachi rahbarlik qiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmog‘i sifatida, fan sifatida shakllanadi. O‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogik fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. YAqin vaqtgacha falsafaning bir tarmog‘i hisoblangan pedagogikaning mustaqil yangi yo‘nalishlari yaratildi. Jumladan, pedagogika mustaqil yangi yo‘nalishlari yaratildi, pedagogika fanining tarixan rivojloanishi o‘zida aks ettiriladi. Bunda o‘tmishdagi ilg‘or pedagogik g‘oyalarni paydo bo‘lishi, rivojlanishi ularning bugungi kundagi ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati xaqidagi fikr yuritiladi.

Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshiga qaratilgan tarmoq pedagogikalar mavjud. Jumladan, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumiy ta’lim pedagogikasi, o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, menejment, davolash pedagogikasi, gerontopedagogikasi, harbiy pedagogika, yangi pedagogika texnologiyalari kabidir. Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha ta’lim muassasalarida umumiy va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya.

Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:

A) talabaning qaysi hislatini shakllantirish yoki yo‘qotish maqsadida rejalashtiriladi.

B) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo‘qotish uchun xizmat qiluvchi manbalarni izlab topiladi.

V) belgilangan maqsad uchun hizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qaerda ishlashini rejalashtiriladi.

Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishiga, mehnat qilishiga undash va bu hatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. SHu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzok davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So‘ng asta-sekin qilayotgan ishlarning mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyalanganligi ham muhim ahamiyatga ega.

O‘zbek xalqi o‘z madaniyati va ma’naviyatida barkamol insonni tarbiyalab voyaga etkazishga katta e’tibor bergan va berib kelmoqda. Inson borliqdagi eng ulug‘ mavjudot hisoblanadi. Insonni ulug‘lash, uning qadriga etish, ayniqsa, yosh avlodni kamolga etkazishda milliy-ma’naviy madaniyatimizning tiklanishi va rivojlantirilishi va ular yordamida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi.

Ovro‘pa xalqlarida tarbiyaning mezoni nafosat, estetika odobi bo‘lsa, SHarq xalqlarida esa asosan axloq-odobidir. Tarbiyaning hamma jihatlari shu mezonlar asosida maqsadga yo‘naltiriladi va unga bo‘ysundiriladi. Nafosat va axloq-odob mohiyatan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nafosat ko‘proq tashqi ko‘rinishda namoyon bo‘lib, axloq-odob esa, asosan muloqot jarayonida ko‘zga tashlanadi.

Bunga misol qilib avval SHarq va G‘arb allomalarining tarbiya borasidagi fikrlarini keltirish mumkin.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin