talaba (yoki o`quvchi) mashg`ulotni o`tkazishga qo`yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;
tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish;
guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi;
har bir guruh a’zosi o`zi ishlagan tarqatma materialining o`ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o`zining biron-bir belgisini chizib qo`yadi;
vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga “charxpalak aylanmasi” yo`nalishida almashtiriladi;
yangi guruh a’zolari tomonidan o`rganilgan va o`zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo`nalish bo`yicha guruhlararo almashtiriladi(ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi);
materiallarni oxirgi almashishdan so`ng har bir guruh va har bir guruh a’zosi o`zlari ilk bor to`ldirilgan materiallarni (guruh raqami va o`zlari qo`ygan belgilari asosida)tanlab oladilar;
har bir guruh a’zosining o`zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a’zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar;
o`qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o`qiydi va jamoa bilan birgalikda to`g`ri javoblarni belgilaydi;
har bir talaba(yoki o`quvchi) to`g`ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to`playdilar va o`z-o`zini baholaydilar.
MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “TARBIYA” DARSLARINI TASHKIL ETISHDA TARBIYAVIY TRENINGLAR. Reja:
Trening tushunchasi.
Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya treninglarining ahamiyati.