Urganch davlat pedagogika instituti


«Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» ishlab chiqildi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə49/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
bt majmua boshqatdan

«Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» ishlab chiqildi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagilar: Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi;

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha


chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

Tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasida homiladorlik davri, go‘daklar, bolalar va o‘quvchi yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish;

ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

aholi, ayniqsa yoshlarning Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, shaxsiy baxtli hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan qurollantirish;

tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, psixologik, milliy va shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish;

yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni go‘daklikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;

homiladorlik davridan boshlab 18 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi va boshqa mas’ullarning o‘zaro samarali hamkorlik o‘rnatish mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;

bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish shakllarini belgilab berish;

aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, uzluksiz ma’naviy tarbiyani jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish;

ommaviy axborot vositalari, shu jumladan global internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni emiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish;

uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish.



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin