Urganch davlat pedagogika instituti


-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə6/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
bt majmua boshqatdan

4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar

  • Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

  • ta’lim ustuvorligining tan olinishi;

  • ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;

  • ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;

  • ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

5-modda. Ta’lim olish huquqi

  • Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.

  • Ta’lim olish huquqi:

  • ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;

  • ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;

  • ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;

  • kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish;

  • oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.

CHet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin