Urganch davlat pedagogika instituti


-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə7/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
bt majmua boshqatdan

2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
6-modda. Ta’lim tizimi

  • Ta’lim tizimi:

  • davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;

  • davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;

  • ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;

  • ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;

  • ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.

  • Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.

7-modda. Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim

  • Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.

  • Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);

  • tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);

  • o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).

10-modda. Professional ta’lim

  • Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:

  • boshlang‘ich professional ta’lim;

  • o‘rta professional ta’lim;

  • o‘rta maxsus professional ta’lim.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin