davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;
ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va oila institutlari orqali joriy etiladi.
9. Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr);
ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;
uchinchi bosqich — umumiy o‘rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang‘ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o‘rta va yuqori sinflar);
to‘rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh).
MAVZU: MILLIY URF-ODAT, QADRIYAT VA AN’ANALAR – TARBIYA ASOSI
Tayanch tushunchalar: Milliylik, Milliy g‘oya, Milliy mentalitet, Komillik, Insonparvarlik , Iymon, Inson huquqlari
Milliylik — muayyan xalqqa xos bo‘lgan, uni boshqalardan farqini ko‘rsatuvchi xususiyatlar majmui. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, an’analari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon bo‘ladi
Milliy G‘oya — millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. Milliy g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar va mo‘ljallarni ham aks ettiradi.