Urganch davlat pedagogika instituti


MAVZU: TARBIYA JARAYONINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə17/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
bt majmua boshqatdan

MAVZU: TARBIYA JARAYONINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR.
Reja:

  • Jahon tarbiya konsepsiyalari. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi, maqsadli, uzluksiz ma’naviy tarbiyaning tutgan o‘rni.

  • YAponiyada fuqaroni tarbiyalash – “axloqiy tarbiya” tizimi “xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim”, “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi.

  • Xitoyda Konfutsiylik axloqining besh asosiy ustuni.



Tayanch tushunchalar: axloq, Jahon tarbiya konsepsiyalari, uzluksiz ma’naviy tarbiya, fuqaroni tarbiyalash, axloqiy tarbiya
Yaponlardan juda ko‘p narsani o‘rganish mumkin. Ayniqsa, bu kungaboqar davlatning farzandlariga tarbiya berish usullari ko‘pchilikni hayratga solib kelgan. Ularning tarbiya berish usuli «ikudzi» deb nomlanib, bu faqat pedagogik ta’lim berish majmui bo‘libgina qolmay, yangi avlod ta’lim olishiga yo‘naltirilgan falsafadir!
Ona va bola birdamligi
Yaponiyada ona “amae” deb nomlanadi. Bu so‘zni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib, uning chuqur ma’nosini yetkazib berish juda qiyin. Lekin bu so‘z “amaeru” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “erkalash”, “homiylik qilmoq” ma’nolarini anglatadi.
Asrdan asrga yaponiyalik oslalarda bola tarbiyasi — ayol kishining mas’uliyati hisoblanib keladi. Albatta, XXI asr tarbiya berish taomillari nihoyatda farqlidir. Masalan, avvallari ayollar faqat xonadon ishlari bilan shug‘ullanishgan bo‘lsa, zamonaviy yapon ayollari ta’lim olishadi, ishlashadi va sayohat qilishadi.
Shunga qaramay, agar ayol ona bo‘lishga qaror qilsa, u o‘zini butunlay oilaga bag‘ishlashi kerak.Farzand 3 yoshga to‘lmaguniga qadar ona bolasini o‘zi o‘stirishi va ishga chiqmasligi lozim. Ayolning asosiy majburiyati — ona bo‘lishdir, zero, Yaponiyada o‘z majburiyatlarini birovning zimmasiga yuklab qo‘yish tartibi mavjud emas.
Bundan tashqari, kichkintoy bir yoshga to‘lmaguniga qadar ona va bola — bu bir butunni tashkil qiladi. Ona qayerga bormasin, nima ish qilmasin, chaqaloq doim ona bilan bo‘lishi zarur! Oxirgi paytlarda “Bebi-sling”lar, ya’ni bolarni kenguru qopchasiga o‘xshash qopchalarda ko‘tarib yurish Yaponiyada juda ilgaritdan mavjud bo‘lib, uning hozirgi kundagisi mukammallashgan zamonaviy ko‘rinishidir.
«Amae» — o‘z farzandining soyasidir. Muntazam jismoniy va ruhiy munosabat — onaga bo‘lgan mustahkam obro‘-e’tibor negizidir. Yapon ayollari uchun o‘z bolasini hafa qilish va ranjitishdanda og‘irroq narsa yo‘q dunyoda.
Yapon bolakaylarining sevimli mashg‘uloti — komandada bajariladigan spor o‘yinlari, estafeta va xor qo‘shiqlarini kuylashdir.
Guruh qoidalariga rioya qilish ham ona bog‘lanib qolishda yordam beradi. Axir, jamoa tartibini buzsa, “amae” juda qattiq ranjiydi, bu esa onasiga emas, shu bolaning o‘ziga isnod degani.
Shunday qilib, bolakayning keyingi 10 yil hayoti guruhning bir qismi bo‘lishga, jamoada kelishib ishlashga o‘rgatadi. Bunga ko‘ra unda guruhiy ongi hamda jamoaviy javobgarligi shakllanadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin