Urganch davlat pedagogika instituti


MAVZU: BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə34/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
bt majmua boshqatdan

MAVZU: BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI


Reja:



  • “Tarbiya” tushunchasining mohiyati.

  • Boshlang‘ich ta’limda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari.

  • Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash – bosh ijtimoiy maqsad. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.



Tayanch tushunchalar: “Tarbiya”, jamiyat, Komil inson, tamoyillar, boshlang‘ich









Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko’rish hollari uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug’atida birinchi bor tarbiya so’zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov.
O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir».
«Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish jarayonidir».
Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov O’zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin