Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi.
Keskin fikrlash jarayonini tahlil necha bosqichdan iborat?
Interfaol usullarni qo’llash
Darsning borishi.
Pedagogik adabiyotlarda ta`kidlanganidek talabalarning bilish jarayonidagi faolligini oshiruvchi va ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi metod interfaol metod deb ataladi. O’qitishning interfaol metodi ikki ko’rinishda o’zini namoyon qiladi.
1. O’quvchining o’qquv materialini kompyuter yordamida mustaqil o’zlashtirishni ta`minlash. Bunda talaba komp’yuterda tovush, animtsiya va boshqa imkoniyatlaridan (interfaol muhit) keng foydalangan holda o’qituvchi dastur bo’yicha o’quv materialini mustaqil o’zlashtiradi. U internet tarmog’idan ham kerakli axborotni olib o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
2. O’qituvchi-o’quvchi munosabatlarini ularning jonli muloqotini faollashtirish. Bunda odatdagi o’qituvchi monologini mumkin qadar kamaytirib, talabalarni mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvuchi strategiyalardan foydalanish, o’qituvchining mashg’ulotdagi xukmronligidan voz kechib, uni talabalarning mustaqil o’zlashtirishlariga yordam va maslaxat beruvchi, ularga mustaqil faoliyat uchun sharoit yaratuvchi maqsadga yo’llovchi shaxs bo’lishga erishishi nazarda tutiladi. CHunki ilmiy-tadqiqotlarda ta`kidlanganidek mustaqil bilish faoliyati ijodiy tafakkurni rivojlantirishni asosi bo’lib hisoblanadi
O’quvchilarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda J Stil’, K Meridis va SH Templarning fikrlashni rivojlapntirish uchun katta xissa qo’shgan “o’qish, yozish va fikrlashni rivojlantirish uchun Xalqaro dastur” ni ahamiyatini alohida ta`kidlash lozim. U jaxondagi 30 ga yaqin mamalakatlar ta`lim tizimida yuqori samara bermoqda.
Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday qilib , biz
o’qitish metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni tizimlashni o’quvjarayonini rejalashtirish muolajalariamaliyotida
qo’llash bilan bog’liqlikni aniqlashtiradigan yaxlit yondashuvni tavsifladik .
Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda
ishlab chiqilgan , keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning
yigirmadan ortig’i keltiriladi .
Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani
rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir . Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriyetiladi , chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda
ularning imkoniyatlari turlichadir .
Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim
mazmuni xususiyatiga mos kelishdir.
Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi . Shu bousdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz . Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa , boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi .
Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi , ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir .
Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy
imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasiva boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi.
Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv
jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. Darvoqe, o’qitishning
yalpi,guruhli va individualshakllariturlicha metodlarni talab etadi.
Misol uchun debat metodi ikkitalaba o’rtasidagi bahs hisoblansa,”aqliy hujumda” guruhdagi barcha talabalarning ishtiroki zarur bo’ladi.
Interfaol mtedlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi
umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.Ma’lumki,pedagogik texnolgik ham ma’lum qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o’quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy qilingach esa yakuniy natijani,talabaning u yoki mavzuni mustaqilligini ta’minlaydi.
Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o’qitishning ayni bosqichidagi
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobgaolgan
holda ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqtorasida muayyan nazariy bilimlarni
o’quvchilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish,shuningdek,o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim,ko’nikma,malaka darajasini baholash
o’qituvchidan yuksak pedagogik mahurat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga ega,ya’ni,har bir pedagogo ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim.Qanayshakl,metod
va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:
-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
-o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;
-o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning
egallanishini ta’minlashi;
-o’quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;
-o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratish;
“Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi
faolliklarini ta’minlash,ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda
bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish ,muayyan mavzu yuzasidan
rangbarang g’oyalarni to’plash,shuningdek, ijodiy vazifalarni hal
etish jarayonining dastlabli bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
“Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib,uning
asosiy tamoyili va sharti mashg’ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir.
Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mashg’ulot jarayonidagi
erkin ishtirokinita’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali
va muffaqiyatli foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur
ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi.”Fikriy hujum” metodidan
foydalanish chog’ida o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi
maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg’ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.
“Yalpi fikriy hujum” metodi J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib,uni bir necha o’n nafar o’quvchilardan iborat sinflarda qo’llash mumkin. Metod o’quvchilar tomonidan yangi g’oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladei.Har biri 5 yoki 6 nafar o’quvchilarni o’z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo’lganturli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi.Topshiriq
va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haiqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot o’qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari
tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi.Mashg’ulot yakunida
o’qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng
yaxshi va o’ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg’ulot jarayonida guruh a’zolarininig faoiyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko’ra baholab boriladi.
Interfaol usulida inson fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi 60 dan ziyod interfaol strategiya (usul)lar bayon qilingan (4, 9, 13). Bu strategiyalar o’zining soddaligi, o’ta ommaviyligi va o’qitish samaradorligi hamda talabalar fikrlash qobiliyatini benihoya rivojlantirishi bilan ahamiyatlidir. Ularning barchasini pedagog amaliyotida samarali qo’llash uchun maxsus kursni bitirshizarur.Interfaol so’zi-o’quvchilarni faollikka chaqirish-tashqidan ta`sir ko’rsatish degan ma`noni bildiradi. YOzuv malakalarini rivojlantiruvchi interfaol usullar. Bunday usullar ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish, har tomonlama ko’rib chiqilmaguncha saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalashga imkon beradi.Maktab o’quv jarayonida amaliyotda o’qitish interaktiv metodlari va o’qitish aktiv metodlaridan foydalanish bo’yicha interaktiv kurslari keng kirib kelmoqda. Bu yo’nalishdani loyihalardan biri Djons Saras ochiq jamiyat homiyligi yordamida xalqaro o’quvchilar assotsiyasi va SHimoliy Ayova universiteti hamkorligida yaratilgan keskin fikrlash bo’yicha loyiha hisoblanadi. Xeni Stil’, Kert Mederis, CHarlos Temnonlar tomonidan tayyorlangan keskin fikrlashni rivojlantirish maqsadida o’qish va yozishga o’qitish loyihasi materiallari beriladi. Ushbu loyiha butun dunyo pedagoglari hamkorligida amalga oshiriladi. Bunday hamkorlikdan maqsad o’rganilayotgan fandan qat`iy nazar hamma yoshdagi o’quvchilarninng keskin fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradigan metodlarni pedagogikaga tadbiq etish hisoblanadi. Loyiha mualliflari keskin fikrlashga boshidan o’rganib chiqadilar. Keskin fikrlash bu anglangan holda analitik fikrlashdir. Ma`lumotlarni oddiy tushuntirish bosqichining yakunlovchi emas, balki boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Keskin fikrlashni egallab, u inson yoki boshqa g’oyalar bilan tanishadi va ularni amalga oshirishda mumkin bo’lgan oqibatlarni o’rgatadi. Keskin fikrlash g’oyalarni va imkoniyatlarni ijodiy birlashtirish ma`lumotlar konseptsiyalarini qayta tushunish hamda qayta qurish murakkab jarayondir. Dars o’tish va o’qitish uch bosqichli modeldan iborat bo’ladi. Bu model turli mualliflar va tadqiqotchilar tomonidan turlicha shaklda berilgan, ular oraida Vogann va estens (1986), O’gn (1986), Jilkem va Templ (1986), Tirpi, Ridej va Djerlar (1985) kabilar bor.
Tahlil qilish uchun berilgan bu model fikrlashni o’quvchilar unga o’quv mashg’ulotlaridan oldin, mashg’ulotlar vaqtida, undan keyin jalb etishlari kerak bo’lgan idrok etish jarayoni sifatida qaralgan. Keskin fikrlash jarayonini tahlil necha bosqichdan iborat?
1. Uyg’otish, chaqirish bosqichini tushuntirish (ilgari o’tilgan bilimlarni qayta esga solish).
2. Anglab etish bosqichini tushuntirish (yangi mavzuni o’rganish).
3. Mulohaza qilish bosqichini tushuntirish (yangi bilimlarni mustaxkamlash).
O’quvchilarning fikrlash jarayonlarini o’rganib chiqib, (Killeps va Minglern 1992) tanqidiy tahlil jarayoni doimiy, muntazam bo’lishi kerak,-deb ta`kidlaydilar. Bu jarayon faqatgina olinayotgan ma`lumotlarni to’g’ri tushunib olishga yordam berib qolmay, balki keyingi mustaqil fikrlash va reflekslantirish uchun asos bo’lib ham xizmat qilishi kerak.
Ta`lim va o’qitish asoslarini ta`riflab mualliflar o’qitishda qo’llashga konseptual bazani taklif etadilar, u fanning turi va o’qitilish yo’li paralelligiga qaramay, sinflarda asta –sekin amalga oshirilishi mumkin. Bunday yondashishi o’quvchilarda tanqidiy tahlil qilishga oqilona va tanqidiy fikrlash jarayonlarini amalga oshirishga, o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantiradi deb hisoblaydilar. Taklif etilayotgan model qisman Vogan va esteslar ishlab chiqqan va uning ko’rinishini Mnderni Va Stil (1997) lar o’zgartirgan va kengaytirgan modelga asoslangan.
Ta`lim va o’qitish asoslarini tuzuvchilar unga o’quv kontekstini kiritishni, yangi darsning tuzilmasini qurishni taklif etadilar. O’qitish mazmuni aqliy xujumdan boshlanadi. Misol uchun Kitg Xayning (dengiz toshbaqalari) deb nomlangan kichik maqolasini o’qib chiqish taklif etiladi. Oldin o’qib chiqib dengiz toshbaqalari haqida biroz o’ylab olish taklif etiladi, buning uchun muxokama qilish uchun sherik tanlanadi. 3-5 minut davomida sherigi bilan hamkorlikda toshbaqalar haqida mavjud bilimlar yozib chiqiladi, miyaga qanday fikr kelsa, hammasini yozib olish kerak. Yozilgan narsaning to’g’ri noto’g’riligi ahamiyatga ega emas, iloji boricha ko’proq ma`lumotlar yozish muhimdir. Sheriklar muxokamani yakunlaganlaridan keyin guruhlar a`zolardan dengiz toshbaqalari haqidagi o’z bilimlari bilan o’rtoqlashishilari taklif etiladi. O’quvchilar o’z fikrlarini gapirib berar ekanlar, ularni doskadagi qog’ozdan yozib berish kerak. Har qanday kelishmovchiliklar muxokamaga olib chiqilishi kerak. Ana shu ish jarayoni davomida vaqti-vaqti bilan aytilgan gaplar to’g’rimi deb sakvol berib turish zarur. Bundan tashqari muxokama etilayotgan savollar bo’yicha o’rtoqlik tortishuvlari, turli fikrlar va qarama-qarshi fikrlarga yo’l berib turish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yangi g’oyalar va tanishuvlardan ba`zilari qarama-qarshi xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Bularni sinfda aniqlab, tahlil etish mumkin, chunki qarama-qarshliklar shaxsiy savollarni vujudga kelishiga olib keladi. SHaxsiy savollari esa o’qish va tushunish uchun xarakatlantiruvchi kuch bo’lishi mumkin.
Amerikalik tadqiqotchi Pireon (1990) tushunishni “o’z savollariga javob topish” deb ta`riflashni taklif etadi. O’qitish natijalari uzoq saqlanib qolishlari va tushunish darajalari har hil odamlarda turlicha bo’ladi. Tushunishning uzoq saqlanib qolishi Pirs va Fildinglar tomonidan 1951 yili hisoblanib chiqilgan. Unga binoan o’quvchilar anglab etgan ma`lumotlarni o’z so’zlari bilan ifoda etsalar, olgan tushunchalarini yaxshi eslab qoladilar. Hamda o’quvchilar o’rtasida jonli g’oyalar bilan almshish tashkil etiladi, u o’z ekspressiv so’z boyliklarini kengaytirish va boshqa o’quvchilar tasavvurlari bilan tanishib olishga imkon beradi.
Tanqidiy fikrlashni o’stirishga xizmat qiladigan metodlar “Demokratik ta`lim uchun” konsepsiumi tomonidan amalga oshiriladigan “Tanqidiy fikrlash uchun o’qish va yozish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Konsepsiumi a`zolari: Xalqaro o’qish asossattsiyasi, Xobart va Vilgam kolejlari va SHimoliy Ayova shtat universiteti. Bu loyihani N`yu York Ochiq jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to’g’risidagi Markaziy va SHarqiy Evropadagi Saros fondi mablag’ bilan ta`minlaydi.
Bu paragrafda metodlar mazmuni mazkur loyiha materiallariga muvofiq ravishda yoritiladi. Braun (1989) ta`kidlaydiki, vazifa va real xayot maqsadlaridan ajratilgan o’quv ko’nikmalari ta`lim oluvchilarga ob`ektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin. Lekin ular bu ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda qo’llay olmaydilar.
Rixer ta`rifi bo’yicha o’rganish va fikrlashning ta`rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multimediya madaniyati ta`limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari;
1. Samarali va muttasil o’rganish asosida talabalrning axborotlarini o’zlashtirish, sintezlash va ularni to’la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985).
2. O’rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli-tuman strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo’ladi. (Palinskar va Braun).
3. O’rganish va tanqidiy fikrlash talablarining aniq vazifalariga nisbatan yangi bilimlarni qo’llash imkoniyatlariga ega bo’lgan taqdirda rivojlanadi. (Pesnik, 1987).
4. O’rganish talablarining oldingi bilimlari, tajribalariga tayanganlagina mustaxkamlanadi. Bular talabalarning olgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog’lash imkoniyatini beradi. (Kas, 1990).
Pirson, Xonsen, Gardon (1979)lar ta`kidlashadiki, o’z fikrlarini ijod qilish g’oya avvalgi g’oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jixatdan tadqiqi qilishga olib keladi. SHuning uchun ham:
Fikrlarini o’z so’zlari bilan ifodalash;
O’zaro tanqidiy fikrlar almshish;
O’z g’oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
Fikrlarni muayyan g’oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va o’z g’oyalarini to’la va aniq ifodalay olish.
Mixail CHikjentmexaliy (1975) ta`kidlaydiki, talabalar o’sha murakkab darajadagi o’quv jarayonida faol ishtirok etishsa, blish jarayonida qatnashganligidan katta baxra oladilar va o’zlarida chuqur qoniqish xissini sezadilar.