Urganch davlat univеrsitеti fizika matematika fakulteti 201-matematik injinering guruh talabasi bog’ibeekova zuhrajonning umumiy psixologiya va pedagogika fanidan mustaqil ishi


III. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi



Yüklə 352,78 Kb.
səhifə15/23
tarix12.11.2022
ölçüsü352,78 Kb.
#68676
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI fizika Matematika fakulteti 201 mat

III. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi
16. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan maktab yoshidagi, tayyorlov guruhlariga esa — ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan — maktabgacha yoshdagi bolalar qabul qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
17. Bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda psixologik-tibbiy- pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
18. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshdan boshlab, tayyorlov guruhlariga esa — 6-7 yoshdagilar qabul qilinadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
19. Bolalarni qabul qilish o‘quv yili hamda o‘quv yili davomida amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
20. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun – vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi:
1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
4) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun — so‘zlashuv nutq va shivirlab aytilgan so‘zlarni idrok etish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlari, audiogramma ma’lumotlari);
oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi (ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun- batafsil tashxisi);
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun);



Yüklə 352,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin