Urganch davlat univеrsitеti fizika matematika fakulteti 201-matematik injinering guruh talabasi bog’ibeekova zuhrajonning umumiy psixologiya va pedagogika fanidan mustaqil ishi



Yüklə 352,78 Kb.
səhifə16/23
tarix12.11.2022
ölçüsü352,78 Kb.
#68676
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI fizika Matematika fakulteti 201 mat



MAVZU: Korresion pedagogikaning tarkibiy qismlari,tuzilishi va tizimi.


Reja
1.Maktabgacha tarbiya muassasining asosiy maqsadi vazifalari.
2. Bola huquqlari haqidagi konvensiya
3.Korreksion pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.
4.Aloxida yordamga muxtoj bolalar
5.Aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun diffrensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish.
«Uchinchi ming yillikning bolasi» kitobidagi tayanch dasturida «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga ko‘yiladigan davlat talablari» asosida maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ishlarning vazifasi, mazmuni yoritilgan. Dasturning VI bo‘limi “Maktabga tayyorlov davri”deb nomlangan. Ushbu bo‘limda 6-7 yoshli bolalarni jismonan rivojlantirish, nutqi va tafakkurini rivojlantirish va ularni ma’nan rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlarning mazmuniga qo‘yilgan talablar yoritilgan. Dasturning «Bolalarni ma’nan rivojlantirish» qismida:
-savollarga javob berish, turli mavzularda fikr bayon qilish xamda atrofdagi odamlarning she’r, ertak va xikoyalarida bayon etilgan, rasm, multfilm, kinofilmlarda ifodalangan fikrni anglash, ularning mazmunini qayta so‘zlab bera olish ;
-nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish. Fikrni grammatik jixatdan aniq bayon qila olish;
-so‘zda tovushlarning ketma-ketligini farqlash, bo‘g‘in va so‘zlarni to‘g‘ri tuzish, eshitgan nutq tovushlarini farqlay olish;
-bosma harflarni o‘zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir biridan farqlay olish;
-ertak, xikoya, maqol va topishmoqlar obrazliligini xis eta olish;
-ifodali tarzda she’r ayta olish va boshqa talablar qo‘yilgan.
Bolaning maktabga tayyorlash guruxiga o‘tishi uni alohida mavqega qo‘yadi : u o‘zini yangi hayot –maktab xayoti bo‘sag‘asida turganligini anglaydi; u endi tarbiyachisini o‘qituvchi deb biladi. Bolaning mashg‘ulotlardan tashqari vaqtdagi jamoa faoliyatlarida o‘zini-o‘zi tashkil etish va bir-birini nazorat qilish kuchayib boradi. Bolalarning jamoa fikrlari va umumiy oddiy talablari paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘rtasida mashg‘ulotlar, shuningdek, didaktik o‘yinlar ,qoidali o‘yinlar va harakatli o‘yin- musobaqalar tobora ko‘proq axamiyat qozonadi. Bola o‘yin bilan jiddiy ish o‘rtasidagi farqni tushunib oladi, qachon va qayerda o‘ynash, jiddiy ish bilan shug‘ullanish kerakligini bilib olgan bo‘ladi. U oilasida va bolalar bog‘chasida o‘ziga topshirilgan muayyan vazifalarni bajaradi. Bunda katta yoshdagi kishilarning bolalar mexnati natijalariga, bu mexnatning tevarak-atrofdagi kishilar uchun bo‘lgan axamiyatiga tegishli baxo berishlari, bolaning o‘z tashabbusi bilan biron ishni boshlab yuborish istagini maqullashlari muximdir.
Bolaning bilish faoliyati murakkabroq tus ola boshlaydi, idrok qilishi muayan maqsadga yo‘nala boshlaydi. Turli narsalar yoki ularning tasvirlari bilan muntazam ravishda tanishib borish natijasida bolaning muayyan vazifaga bo‘ysundirilgan kuzatuvchangligi oshib boradi. Idrokning o‘sishiga raxbarlik qilinsa, maktabgacha tarbiya yoshi oxirida bolada muxim sensor qobiliyatlar: ko‘z bilan aniq chamalab bilish, proporsiyalarga ko‘rib turib baxo berish, fonematik uquvlari va musiqa tovushlarini to‘g‘ri idrok etish va ayta bilish qobiliyatlari paydo bo‘lib boradi. Bola kuyning harakatini, tovushlarning pasayishi va yuqorilanishini, balandligi va uzunligi har xil bo‘lgan tovushlarni, ashula aytish va she’r o‘qish tempining o‘zgarib turishini farq qilish va buni o‘zi amalda ifodalab berishi mumkin.
Muayyan maqsadga qaratilgan ta’lim natijasida bolaning ixtiyoriy ravishda esda saqlab qolish va ifodalab berish qobiliyati o‘sadi. Bola esda saqlab qolishning har xil usullarini qo‘llay boshlaydi: materialni ma’nosiga qarab guruxlarga bo‘ladi, esda saqlab qolmoqchi bo‘lgan narsasini ko‘p martda takrorlaydi va x.k. Bolalar eng oddiy mantiqiy fikrlashni o‘rgana boshlaydilar. Ular nutqning tovush tuzilishini taxlil qila oladigan bo‘lib qoladilar: bola so‘zdagi tovushlarni aloxida o‘zini talaffuz qilishi, so‘z qaysi tovushlardan tuzilganligini aytib bershi mumkin. Uning muayyan voqealarni tegishlicha izchillikda ravon va batavsil xikoya qilib berish ko‘nikmasi oshib boradi. Tayanch dasturida bolalr nutqi va tafakkurini rivojlantirish ishlariga katta e’tibor berilgan bo‘lib, ularni didaktik o‘yinlar orqali amalga oshirish talab etilgan. Shunday qilib, tayyorlov guruxi tarbiyalanuvchilari o‘quv yilining oxirida murakkab va katta xajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishlari lozim. Biroq barcha bolalar barovariga dastur talab etgan bilimlarni o‘zlashtira olmaydilar.
Xar qanday jamiyat uz farzandlarini har tomonlama yetuk , komil inson bo‘lib voyaga yetishni, munosib fo‘karolar bo‘lib, davlat tarraqiyotiga, gullab yashnashiga o‘z ulushlarini qo‘shishlariga harakat qiladi umid bog‘laydilar.
 Afsuski, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bolalar hali ham huquqlaridan mahrum etilganlar, ya’ni ularning sog‘-salomat hamma qatori to‘laqonli rivojlanishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun kerakli imkoniyatlar yaratilmagan..
Maktabga qabul qilingan ayrim bolalar uni to‘liq bitira olmayaptilar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uyda o‘tiribdi ta’lim olishdan mahrum, ayrimlarining ta’lim olishi chegaralangan. Kasallikni oldini olish mumkin bo‘lgan joylarda hali ham juda ko‘p bolalar xastaliklardan nobud bo‘lmoqdalar, to‘yib ovqat yeyish, toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lish ko‘p mamlakatlarda hali ham to‘liq tashkil etilmagan. Bundan tashqari, jahonning ba’zi bir qit’alarida maktab yoshidagi bolalar ham qurolli kuchlar safiga chaqirilmoqda, ular zo‘ravonliklarga, qiynoqlarga duchor bo‘lmoqdalar, jismoniy jazolanmoqda, kerak bo‘lsa, ozodlikdan, kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilinmoqdalar. Asosiy ehtiyojlari va huquqlari qo‘pol buzilgan bolar hech qachon boshqalarning huquqlarini hurmat qila olmaydilar hamda odil va g‘amho‘r bo‘la omaydilar. ¥uquqning buzilishi faqat shaxsning azob-uqubatlanishini yuzaga keltirishiga sabab bo‘libgina qolmay, balki ularning ongida siyosiy barqarorlik urug‘larini ekilishiga va qurolli nizolarga sabab bo‘lmoqda. ¥uquq muammolari har bir insonga to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki bevosita tegishlidir.
1 dekabr 1993 yilda 153 mamlakat bola huquqlari haqidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish yo‘li bilan, o‘zlarining bolalar kelajagini muxofaza qilishga tayyor ekanligini namoish etdilar. Bola huquqlari haqidagi Konvensiya – bu butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolar huquqlari haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomasidir. Konvensiya - bola huquqlari haqidagi universal rasmiy Kodeksdir. Konvensiyada bolalar huquqlari to‘rt toifaga ajratib berilgan bo‘lib, ular 54 moddani o‘z ichiga qamrab olgan.
1. yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va hayotiy huqularni o‘zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy hizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo‘lish kabi adolatli, hayotiy me’yorlarni o‘z ichiga oladi.
2. rivojlana olish huquqi: bolarning o‘z qobiliyatlarini kengnroq
rivojlantirishga erishishlari uchun zarurdir. Bunga misol qilib, bilim olish, o‘yin, xordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlarini olish mumkin .
3.  bolalar zo‘ravonlik va ekspulatatsiya qilinishdan ximoyalangan 
 bo‘lishlari shart. Bu borada quyidagi muammolarga ya’ni: qochoq bolalar muammosi, adliya tizimidagi zo‘ravonliklar, bolalarni qurolli nizolarga jalb etish muammolariga, bolalalar mehnatiga; balog‘at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish va o‘smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish muammolariga alohida e’tibor bo‘lishi kerak.
4.  Ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu toifa bolalarning hayotiga taalluqli bo‘lgan muammolar bo‘yicha jahonshimul yig‘ilish va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va o‘z fikr-mulohazalarini aytishda erkin bo‘lish kabi huquqlarni belgilaydi. Bolalar ulg‘ayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha paydo bo‘luvchi imkoniyatlarning xammasiga ega bo‘lib borishlari , hamda hayotity muhim yechimlarning mas’uliyatini his qilgan holda ularni o‘z zimmalariga olishga tayyor bo‘lishlari kerak.
 Butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha , barcha bolalar , shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. . Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning 19 moddasiga ko‘ra “ Bola ota-ona yoki har qalday boshqa shaxs tomonidan haqoratlanishi, qo‘pol muomilada bo‘lishdan himoyalanishi huquqiga egaligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan “korreksion pedagogika”, “anomal bolalar ”, “aqlan zaif” kabi va boshqklardan voz kechmoqdalar. XIX asrning 20 yillaridan beri Defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan sifatida o‘rganilib kelmoqda. Xozirgi kunda bu fan «korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. Inson xuquqlari dekloratsiyasi, bolalar konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan xolda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilarni kamsitmaslik, xaqoratlamaslik uchun masalan, Moskva shahridagi Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti “Korreksion pedogogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda. Defektologiya fani ko‘p mamlakatlarda korreksion pedagogika deb yuritilmoqda. Korreksion pedagogika fanining predmeti - anomal bolalar , ya’ani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ( yunoncha anomalos - odatdan tashqari ), norasao degan ma’noni bildiruvchi so‘zi bilan yuritiladi. Xozirgi kunda O‘zbekistonda Korreksion pedagogika —aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksion pedagogika so‘zi lotincha tuzatish— bartaraf etish, pedagogika— ta’lim-tarbiya, urganish degan suzlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos suzidan olingan). Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, aloxida yordamga muxtoj bolalardir. Korreksion pedagogikaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular, asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir. Korreksion pedagogika fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsiyalashgan-inkiyuziv xamda differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yullarini tarbiyachi hamda o‘qituvchilarga ko‘rsatib berishdan iborat. Anomaliyalar har xil bo‘ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ba’zilari esa kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo‘pol kamchiliklar bo‘lsa, to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yo‘li bilan ularni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosipsh mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, ya’ni daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida
 Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi.
L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni o‘rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o‘rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi.
Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sobiq sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldilar. Ular aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" degeneratsiya nazariyasi", "ma’naviy defektli" kabi g‘ayri ilmiy va reaksion nazariyalarni fosh etdilar. Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday o‘zgarib borishini o‘rganish, ulardagi mavjud nuqsonlarni ham,ijobiy ham salbiy tomonlarni aniqlash yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi. Sog‘lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama o‘rgandi. “Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi" nomli kitob shu ishning natijasi bo‘ldi. I. M. Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida o‘rganishda chinakam novatorlik ko‘rsatdi. Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi. 1920 yilda Rusiyada anomal bolalarni tarbiyalash instituti ochilib,
 1925 yilda bu institut 2-Moskva davlat universiteti pedagogika fakultetining defektologiya bo‘limiga aylantirildi, 1930 yili V. I. Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti qoshida mustaqil defektologiya fakulteti tashkil etildi. Hozir Russiya mamlakatining deyarli barcha jumhuriyatlarida korreksion pedagogika qulliyotlari yoki bo‘limlarida oliy ma’lumotli defektologlar tayyorlash ishi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanish 1967 yildan boshlab tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘limga 1976 yili surdopedagogika bo‘limi qo‘shildi. 1984 yili esa mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bo‘limida ta’lim berila boshlandi. Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi faoliyat ko‘rsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallim kunduzgi va sirtqi bo‘limda uzbek va rus tilida tashkil etilgan. 
  Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi
 Tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi:
 surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini urganadigan fan.

MAVZU: Anomal bolalar bilan olib boriladigan korresion ishlarning asosoiy yo’nalishlari.


Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko’rish qobiliyatini yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko’ra ko’proq darajada o’qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal bolalar o’qitilmasa yoki o’qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar etkaziladi. psixik funktsiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o’quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funktsiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi.
Anomal bolalarni tarbiyalash — korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo’lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o’rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarifii qo’llab- quvvatlash, bir-biriga yordam ko’rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o’ziga xizmat ko’rsatish, mehnat ko’nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o’rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim. Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo’qotish va pasaytirishni nazarda tutadi. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korrektsion - tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korrektsion —tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini rejalashtirish ko’nikmalari, og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlaryaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo’ladi.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» — o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi. Litimoiv reabilitatsiva (yunoncha «rehabilitas» — layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korrektsion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo’qotish va yumshatishga yo’naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Rcabilitatsiya jarayonida kasallik oqibalida buzilgan funktsiyalarning o’rni to’ldiriladi. Rcabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun maxsus o’quv muassasalari tizirnida hal etilib, unda o’quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab bclgilanadi. litimoiv adaptatsiya (yunoncha «adapto» — moslashish) — anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ulaming layoqati etmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko’nikmalami shakllantirishni ta’minlaydi. Anomal o’quvchilar hilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy yo’nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’Igan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish — murakkab ijtimoiy- pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar bilan korrektsion ishlar quyidagi vo’nalishlarda olib boriladi: Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o’rganish. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korrektsion- pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o’rganish. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarga korrektsion-pedagogik ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, shakl-, metod va vositalarini ishlab chiqish. Ommaviy umumiy o’rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo’nalishlarini .aniqlash. Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o’qituvchilarni tayyorlashda zarur o’quv-metodik bazasini yaratish. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo’qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo’naltirilgan bo’lmay, balki umumiy rivojlanti- rishga qa ratilgan. O’quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o’zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi. Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o’zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat. Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi bo’lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish. Korrektsion-pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos — noto’g’ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi. Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo’lgan munosabatlarning uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini ko’rsatadi. Antik davrda qadimgi Spartada bir necha yuz yilliklar davomida sog’lom tana, kuch, chidamlilik yuqori o’ringa qo’yilib, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar yo’q qilinardi. Mazkur davrda yangi tug’ilgan chaqaloqlarni qabila boshliqlariga olib kelardilar, ular bolalarni sinchiklab ko’rib agarda ijtimoiy talablarga javob bera olsalar, ular ota-onalariga tarbiyalash uchun qaytarilar edi. Agarda bolada birorta nuqson topilsa uni qabila boshliqlari Tayget jarligiga tashlab yuborar edilar (eramizdan avvalgi 4-5 asrlar). Evropada o’rta asrlarda bolaning rivojlanishidagi har qanday nuqson qora, yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi sifatida e’tirof etilib, psixik kasalliklari bo’lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilganlar. Uyg’onish davridan boshlab XIX asrning o’rtalarigacha Evropa defektologiya fani va amaliyotida bolaning aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar muammosi borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin. Ruhiy kasallarga nisbatan insonparvarlik vondashuvi ilk bor fransuz shifokori, psixiatori Filipp Pinel (1745— 1826-yillar) tomonidan ilgari surilgan. U ruhiy kasalliklarni klassifikatsiyalagan (turlarga ajratgan). Rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarga nisbatan pedagogik yondashuv 18 asr oxirlari — 19 asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni maxsus usullar vordamida o’qitish va tarbiyalash g’oyasini Iogan Genrix Pestalotssi (1746— 1827-yillar) asoslagan bo’lsada, biroq, o’z davrida bu fikr qo’llab-quvatlanmadi. I.G.Pestalotssi «aqli zaiflar» bilan ishlash tamoyilining mohiyatini asoslab berdi: bolaning imkoni etgan bilimlarni berish, didaktik materiallardan foydalanishda aqliy va jismoniy tarbiya uyg’unligiga erishish, ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan bog’liq holda tashkil etish. Aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalashga nisbatan tibbiv-pedagoeik yondashuv asoschisi fransuz psixiatori Jan Itar (1775—1838-yillar) hisoblanadi. U aqli zaifligi murakkab bo’lgan bolaga ta’lim va tarbiya berishga urindi. Garchi kutilgan natijaga erisha olmasada, bunday toifa bolalarni sezgi va motorika organlarini mashq qildirish yordamida rivojlantirish yo’Iini ko’rsatib berdi. Anotomik-fiziologik yondashuv rivojiga nemis psixiatri Emil Krepelin (1856—1926-yillar) katta hissa qo’shdi. Frantsuz psixologi Alfred Bine va vrach-psixiatr Tomas Sjmon test sinovlari metodini asoslaydilar. Shu bois ular intellektual zaiflikni o’rganishning psixometrik yo’nalishi asosch5kukkuqilari hisoblanadilar. Yuqorida qayd etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi uch asosiy yondashuv qaror topdi: Tibbiy-klinik yondashuv aqli zaiflarning etimologiyasini bilish, intellektining buzilishiga sabab bo’lgan omillar, shuningdek, anatomik- fiziologik va genetik buzilishni o’rganish g’oyasini ilgari suradi. Psixologik yondashuv psixikasi buzilgan bolalarning psixik faoliyati, emotsional holati hamda shaxsini o’rganishga yo’naltirilgan. Pedagogik yondashuv intellckti buzilgan bolalarni o’qitish hamda tarbiyalashning pedagogik tamoyillari, metodlari, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf etish yo’llarini o’rganish g’oyasiga tayanadi. Rossiya korrektsion pedagogikasi tarixi Evropa defektologik fani bilan uzviy bog’liq. Petr I., Ekaterina I.I. lar anomal bolalar uchun davolash muassasalari, mehribonlik uylari va maxsus maktablarni barpo etish haqida farmon chiqarganlar. 19 asr oxiri 20 asr boshlarida anomal bolalarni o’qitish va tarbiyalashni yo’lga qo’yuvchi ko’plab jamiyat hamda ijtimoiy tashkilotlar tashkil etildi. Sobiq Sho’ro davrida bolalikni himoya qilish va bolalar nuqsonlari bilan bog’liq muammolarni o’rganishga alohida e’tibor qaratildi. 1918-yilda maxsus dekret qabul qilindi. Unda anomal bolalarga yordam berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki ularni o’qitish va tarbiyalashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu yili Rossiyada birinchi maxsus ta’lim-tarbiya muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)- ning rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, ayni vaqtda u o’z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o’zbek xalqi hayoti va turmushiga chuqur singganligi va o’zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O’zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo’lib, ularga rahmdillik, mehribonlik ko’rsatgan. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o’quv muassasalari (ko’zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-intcrnatlar, aqli zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni (1997-yil)ning 23-bandida psixik yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish va davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilishi ta’kidlab o’tilgan. O’tgan asrning 60—70-yillarida respublikada korrektsion pedagogika bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo’lida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967-yili Nizomiy noniidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo’limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. Hozirgi kunda respublika olini defektologlari ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning maktabga moslashishlari uchun yordam ko’rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi muammolarni o’rganmoqdalar. Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko’rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning soni ko’p bo’lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda. «Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto’g’ri rivojlanishni anglatadi. Rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarda iismoniv voki psixik kamchiliklar (nuqsonlar) bo’ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishlaming sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo bo’lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la yo’qotish, ayrimlarini esa tuzatish, uchinchi xillarining o’rnini to’ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni o’qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi. Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlaming klassifikatsiyasi bo’yicha yagona qarash mavjud emas. M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlarini ko’rsatadilar: Sensor xislati etishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko’rish, nutqi qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funktsiyasi buzilgan). Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar. Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo’lgan bolalar. Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi). Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar).
MAVZU: Inklyuziv ta’lim metodlar.

Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab


etiladi:
- ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarning ta'lim
olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta'lim dasturlari va
korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruxiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
- o’quvchilarning ta'limdagi tenglik xuquqini kafolatlash;
- jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va saglom bolalarning
extiѐjlarini qondirish, ijtimoiy xaѐtga erta moslashtirish;
- imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarni oilalardan ajramagan xolda
yashash xuquqini ruѐbga chiqarish;
- jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va usmirlarga nisbatan dustona va mexr-muxabbatli munosabatni shakllantirishdir.
Inklyuziv ta'limning muammolari. Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta'limni joriy
etish bo‘yicha davlat normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi; Nogiron bolalarga
nisbattan salbiy munosabat; Imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda
ko‘rinmaslik muammosi; Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik
muammosi; Moddiy mablag‘ muammolari; Ta'lim muassasalarini moslashtirish;
Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; Kambag‘allik; Jinsiy tafovutlarga qarab
kamsitish; Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda vaziyatlar , mojarolar, qochoqlar; Kadrlar masalasidagi
muammolar. Haqli savol
tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb
etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o‘tishga
qanday zaruriyat bor? Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi.
Ammo bu ta'lim tizimining nafli jixati juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar kiradi:
 Inklyuziv ta'lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;
 Inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi;
 Kamsitishlarni oldini oladi;
 Inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.
1 Inklyuziv ta'limning prinsiplari: 1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va
yutug‘iga bog‘liq emas. 2. Har bir inson o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har
bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir\biriga
muxtoj. 5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga
oshadi. 6. Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma
ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki
nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi haѐtini har tomonlama
ko‘chaytiradi. Inklyuziv ta'lim tizimi qo‘yidagi ta'lim muassasalarni o‘z ichiga oladi;
maktabgacha umuta'lim, umu o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy ta'lim. Bu
ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayѐrlashda
ularning o‘rtasidagi to‘siqlikni bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat.
Umumta'lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati
bo‘lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimidan uzinig
mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi.
Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni
o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning
buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro‘y beradi. Bunday psixik

1
(Maktablar hamma uchun – Save the children – 2002y. 20\23 bet.)
237

muammoni psixoreksiyalash usullari bilan birga bolaga kiyimlarni to‘g‘ri ketma-


ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin. L.S.Vigotskiy ijtimoiy
muhit sog‘ligi imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga
egadir, degan g‘oyani ilgari suradi.
2 Xuddi shuningdek, u imkoniyati cheklangan
bolalarning rivojlanishini ildizi yomon o‘simlikka o‘xshatadi. «Uning ingichkagina
ildizlari oziqlantiruvchi tuproqning qatlamlari va shakliga mos kelmaydi. Ular
o‘zo‘zicha tuproqning oziqa beruvchi qatlamlariga yetib borolmay, quruq va zaharli
qatlamga kirib qoladi. Bunday o‘simlik muvofiq sharoitlarda gullashi mumkin edi,
biroq odatdagi sharoitda taraqqiyotning cho‘qqisiga yetmasdan, bujmayib so‘lib
qoldi», deydi.
3
Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini har bir millat va elatning o‘ziga xos
tomonlari, milliy an'analari, urf-odatlari, davlatning maqsad-vazifalari hamda
tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati
cheklangan bolalarda
kattalar bolaning rayiga, mustaqil bo‘lishiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagi,
intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchiliklar
o‘z-o‘zidan barham topadi. Imkoniyati cheklangan bolada o‘jarlik, qaysarlik,
itoatsizlik xususiyatlari paydo bo‘lishi bu kattalarning haddan tashqari
paypaslaganliklari oqibatida vujudga keladi. Psixolog olima L.M.Krijanovskaya
imkoniyati cheklangan bolalarning inklyuziv ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya berishda
psixologik korreksiyalash metodlari orqali tarbiyalash yo‘llarini keng yoritib bergan.
Uning fikricha, inklyuziv ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya ishlarining samarali bo‘lishi,
yaxshi yutuqlarga erishishda maktab psixologi, pedagog, tarbiyachi va ota-onalar
hamkorligi uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim.
4 Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida
bugungi kunga qadar ham juda ko’plab muammolar va to’siqlar mavjud. Ular
jumlasiga quyidagilar kiradi: Salbiy munosabat; Hamjamiyatda ko’rinmaslik; Moddiy
mablag’ muammolari; Jismoniy moslashtirish; Sinfdagi o’quvchilar soni; Qaramlik;
Jinsiy belgilarga qarab kamsitish; Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar. Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim muasasalari tizimida
ta’lim tarbiya olaishlari uchun eng katta to’siq bo’lsa kerak. Salbiy munosabat
muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a’zolari, o’qituvchilar,
umumta’lim muassasalari hodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli
bolalrning o’zlaridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya olishlariga nisbatan

2
Выготский Л.С. Дефект и сверхкомпенсация. // «Проблема дефектологии». М., 1996. –С. 42.
3
Выготский Л.С. Дефект и сверхкомпенсация. // «Проблема дефектологии». М., 1996. –С. 42.
4
Крыжановская Л.М. Психологическая коррекция в условиях инклюзивного образования. Пособие для
психологов и педагогов. – М.: «Владос», 2013. -83-б.

qashiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi


noto’g’ri fikr, ular to’g’risida ma’lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning
chegaralangan muhitda o’sganligi va boshqalardir. Hamjamiyatda ko’rinmaslik
muammosining mazmuni shundaki, ko’pincha ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-
onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hyech kimga ko’rsatmaydilar,
ro’yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to’g’risida hyech bir ma’lumot berilmaydi.
Natijada ko’plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo’ladilar.
Ular to’g’risida hyech bir ma’lumotni bo’lmasligi ta’lim-tarbiya muassasalariga
qatnamasliklariga olib keladi.

MAVZU: Zamonaviy jamiyatda inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo’llari


Davlat rahbarining 2020−2025 yillarda respublikada inklyuziv ta’limni rivojlantirish, boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish va maktab-internatlarni optimallashtirishga oid qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 2020−2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi, ushbu konsepsiyani 2020−2021 yiilarda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» hamda Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli parametrlari tasdiqlanmoqda. Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkich va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqib, 2020 yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida «yo‘l xaritasi» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi Hukumat O‘zbekistonda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni tasdiqladi. Jumladan, umumta’lim maktablarida alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish tartiblari belgilandi.12 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqladi, Hujjat prezidentning 2020 yil 13 oktabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. 2020−2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasiga O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha quyidagi asosiy ustuvor vazifalarni nazarda tutadi:


  • alohida ta’limga muhtoj bolalar o‘qiydigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • ushbu ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, o‘quv qurollari, turli kasblar bo‘yicha o‘qitish uchun moddiy-texnik baza va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim muassasalarini maxsus asbob-uskunalar bilan (yuk ko‘tarish moslamalari, panduslar, panjara va boshqalar), shuningdek, tegishli xodimlar bilan ta’minlash (maxsus o‘qituvchilar, bolalarni psixologik-pedagogik nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislar);

  • alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning moslashuvi va integratsiyalashuvi uchun maktab-internatlarni maxsus jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash va boshqalar.

Qaror bilan umumiy ta’lim muassasalarida alohida ta’limga muhtoj bolalarni inklyuziv o‘qitish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari;

  • maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tuzatish sinflarini tashkil etish tartibi va alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun o‘quv jarayoni;

  • bolalarni inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich asosiy tuzatish sinflariga qabul qilish tartibi;

  • inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich asosiy tuzatish sinflarida ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar.

Bundan tashqari:

  • jismoniy, aqliy, hissiy yoki aqliy nuqsonli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari;

  • sanatoriy-kurort tipidagi ixtisoslashtirilgan ta’lim davlat muassasalari;

  • jismoniy, aqliy, sezgi yoki aqliy nuqsonli bolalar, shuningdek, uzoq muddatli davolanishga muhtoj bolalar uchun yakka tartibda uyda ta’lim olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.


Yüklə 352,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin