Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
marketing

6
Bintlift', J., "G oing to M arket in A ntiquity," In 
Stuttgarter K olloquium : u r H islorischen
G eographic des A ltertum s,
lick art O lshauscn and H olgcr S onnabend (eds), Stuttgart, F ra n / 
Sterner, 2002, p.224
7 L ckhardt. G .M . and Bengtsson. A. "A B rie f History' o f B randing m China," 
Jo u rn a l o f
M acrom arketing,
Vol, 30, no. 3, 2010, pp 210-221
6


b a’zi kompaniyalari boshqaruv apparati tarkibida marketing b o iim lari 
tashkil etilgan. 1937-yilda Amerika milliy assotsiatsiyasi tuzildi.
1908-yilda marketing tadqiqotlari bilan shug‘ullanadigan birinchi 
savdo firmasi paydo bo‘lgan.
1911-yildan bir qator yirik korxonalarda marketing tadqiqotlari 
bo‘limi paydo b o ‘la boshlagan.
1920-yillarda radio reklama va 1950-yilda telemarketingning 
amalga oshirilishi marketingni yanada rivojlanishiga olib keldi. 1926- 
yil AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil qilingan 
va uning asosida keyinchalik Amerika marketing jam iyati shakllangan. 
1934 - 1936-yillarda birinchilardan “American Marketing Journal”, 
“National Marketing Review”, “Journal o f Marketing” marketing 
jum allari chop etila boshlagan. AQSHda marketing va reklama milliy 
negizida tuzilgan Amerika Marketing jamiyati barpo etilib, keyinchalik 
bu jam iyat 1973-yilda Amerika M arketing uyushmasi nomini olgan. 
Biroz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G ‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo'Idi. Xalqaro marketing 
tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, 
Xalqaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga 
o ‘xshagan jam iyatlar yuzaga kela boshladi. 1990-yillardan boshlab 
“Marketing to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri buyurtmalar” va “munosabatlar marke- 
tingi” atamalari paydo b o ‘la boshlagan.
Umuman olganda, tovar ayriboshlashning boshlanishi bilan bir 
vaqtning o '/id a marketing asoslari, uning subyekti, obyekti va ele- 
mentlari ham to ‘liq shakllanmagan bo'lsa-da, rivojlana boshlagan. 
Demak, tovar ayirboshlash marketingining boshlang‘ich nuqtasi hisob- 
lanar ekan.
Marketing bu nafaqat tovar ayriboshlash, fikrlash tarzi va iqtisodiy 
tafakkur yo'nalishi, ayrim firma. kompaniya, tarmoq va butun iqtiso­
diyot bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy 
davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta ’rifming ko‘p turlari 
mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta ’rifi, u Amerika marketing 
assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo ‘lib, uning mazmuni quyidagi- 
chadir:
«Marketing - bu tovar va xizmatlami ayirboshlash vositasida 
alohida shaxslar yoki tashkilotlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan


narx o'rganish, siljitish va sotishni o ‘zida mujassamlashtiradigan reja- 
lashtirish jarayonidir».x
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. Sh.Xant quyidagicha 
ta ’rif bergan: “Marketing - bu tovarlarni ayirboshlash jarayoni haqidagi 
fan”. I.K. Belyaevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozomi 
o ‘m atish va tartibga solish, boshqarish tiziraidir». Jan-Jak Lamben esa 
marketingga shunday ta ’rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilami 
xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlami erkin raqobatli ayirbosh- 
lashni ta’minlash yo‘li orqali qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy jara- 
yondir», «Marketing - bu bir vaqtning o ‘zida biznes falsafasi va faol 
jarayondir».
Ushbu ta ’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi 
o ‘rnatish, u orqali istc’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifni o ‘zaro ta ’siri - bu alohida shaxslar yoki 
guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. 
Bu jarayon o ‘z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning 
o ‘zaro ta ’siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), 
talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlaming 
iste’moli (ishlatilishi) kiradi. Marketing insonlar ehtiyojini qondirish 
zaruriyati asosida ixtiro etilgan. Ehtiyoj va imkoniyatlar b o im asa, hech 
qanday voqea bo'Imaydi.
Marketing atamasining asl m a’nosidan ishlab chiqilgan tovarlar 
bilan bozorga borish nazarda tutilgan. Savdo jarayoni muhandisligi 
nuqtayi nazaridan, marketing, mijozlarning qiziqishini va qoniqishlarini 
ta ’minlashga yo‘naltirilgan biznesning "bir-biriga bog'liq va boshqa 
funksiyalariga bog‘langan jarayonlar to ‘plamidir9.
K o‘pchilik olimlar tomonidan marketing biron bir kompaniyaning 
mahsulot yoki xizmat sotib olish yoki sotishga d a’vat etgan faoliyatlari 
majmuyi sifatida talqin qilinadi. Marketing, iste’molchilarga yoki bosh­
qa korxonalarga reklama qilish, sotish va yetkazib berishni o ‘z ichiga 
oladi. Mustaqil soha sifatida marketing, kompaniyaning iste’molchi- 
larini jalb qilish va ular bilan munosabatlami saqlab qolishga qaratilgan 
barcha harakatlarini o ‘z ichiga oladi. M arketing-bu savdoga tayyorla- 
nish uchun barcha tadbirlar tizimini tashkil qiladi.
8 К отлер Ф. У правление м аркетингом ,- М.: Эконом ика 1980 с20.
4 Paul Н. Selden (1997). 
Sa les P rocess E ngineering: A P ersonal M ark shop.
M ilw aukee, Wl: 
A S Q Q uality Press, p. 23.
8


Marketing "mahsulotni ishlab chiqaruvchidan yoki sotuvchidan 
iste'm olchiga yoki xaridorga, shu jum ladan, reklama qilish, jo'natish, 
saqlash va sotish bilan bog‘liq faoliyatning umumiy majmuyi" deb 
ta ’riflanadi.
Filipp Kotler marketingni xaridorlaming ehtiyojlari va xohishlarini 
(istak) almashinuv jarayoni orqali qondirish sifatida ta ’riflaydi.10
M arketing amaliyoti o'tm ishda ijodkorlik, reklama, tarqatish va 
sotish singari ijodiy soha sifatida qaralgan. Biroq marketing tadqiqotla- 
rida ijtimoiy fanlar, psixologiya, sotsiologiya, matematika, iqtisod, 
antropologiya va nevrologiyaning keng qo ‘llanishini ta ’minlaganligi 
sababli, marketing hozirgi kunda keng miqyosda fan sifatida e ’tirof 
etiladi.11
“The Chartered Institute o f M arketing” marketingni "mijozlarning 
talablarini unumli aniqlash, prognozlash va qondirish uchun mas'ul 
b o ig an menejment jarayoni" sifatida e ’tirof etadi.12
«Marketing konsepsiyasi» tashkilotning maqsadlarini qondirish 
uchun potensial iste’molchilaming ehtiyojlari va istaklarini oldindan 
belgilash va raqobatchilardan ko'ra samaraliroq ta’minlashi kerakligini 
bildiradi. Ushbu Konsepsiya Adam Smitning "Xalqlar boyligi" kitobida 
birinchi marta aytib o'tilgan.13 M arketing asosida quyidagi yo ‘nalishlar- 
da bozor har taraflama chuqur o ‘rganiladi:
• talabni o'm atish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovarni o'rnatish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing korxonalaming bozorda ishlash uslubi, bozor metodolo- 
giyasi b o iib , iste’molchilar va ulaming talab istaklarini o'rnatish, ularga 
mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim 
etish, sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib- 
qoidalari majmuyi hisoblanadi. Bularning barchasi talab va taklifni 
o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 1972-yilda F. Kotler mikro-
10 "U niversity O f Yo rk Introduction 't o M a rk e tin g ^ PDF).
11 2.0. W om en. " The Science Q l’M arkctm g". 
I ’orbes.
R etrieved 16 June 2017.
12 "M arketing library reso u rces - content, know ledge da ta bases". C1M. Retrieved 16 
M arch 2017.
1' N etM B A .com . "M arketing Concep t", 
w w w .netm ba.com .
R etrieved 8 N ovem ber 2017.
9


marketing va makromarketing tushunchalarini asoslab beradi. 1976- 
yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisob- 
lanishini k o‘rsatdi.
XX asm ing 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni global- 
lashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990-yilda Kanberra shahrida 
(Avstraliya) «Marketing - bu hamma narsa», «Marketing biznesni ang- 
latadi» shiori ostida global marketing bo'yicha Xalqaro konferensiya 
b o ‘lib o ‘tgan.

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin