Marketing
strategiyasi
barqaror
raqobatbardosh
ustunlikka
erishishning asosiy maqsadi bilan rejalashtirishga uzoq muddatli, istiqbolli
yondashuv hisoblanadi.
Marketing miks
"firma marketing maqsadlariga bozorda erishish
uchun foydalanadigan marketing vositalari majmuyi" sifatida tavsiflanadi.
Marketing tizimida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va
boshqa subyektlarga ta’sir etish
uchun marketing vositalari, ya’ni
marketing usullari yig‘indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan
marketing-miks, marketing kompleksi bo‘lib hisoblanadi. Bulami mar
keting nazariyasiga 1964-yilda birinchi b o iib Garvard biznes maktabi
professori N.Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing
kompleksi 4 «Р» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960-yilda bu model
taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari
ajratib ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place),
siljitish
(promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali
qondirish jarayonida, albatta, inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida
ko'rsatib o ‘tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «Р» ham kiritilib, u
kishilar (people) ekanligi alohida ta ’kidlab o‘tilgan. Marketing-miks
elementlari 1.4.3-chizmada ko‘rsatilgan.
1.4.3-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa
1968-yilda F.Kotler marketing-miks elementlari
tarkibiga pablik-
rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo‘shib, oldingi 4 «P»ni
6 “P”ga kengaytirib ko‘rsatdi.
4 “P” modelini qo‘llanilishi cheklanganligiga qaramasdan, marketing
nazariyasi shakllanishi va amaliyotining rivojlanishida eng muhim rol
o'ynaydi.
18
Marketing-miks keng qo'llanadigan shaklda 4 ta marketing submik-
sini o ‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar:
tovar miksi, shartnoma-miksi,
kommunikativ-miks, taqsimot-miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakl-
lantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni o ‘z ichiga oladi. Bu
chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o ‘rovi,
xari-
dorlarga xizmat ko'rsatish, kafolat xizmati
siyosati, tovar diversifikat-
siyasi, assortiment siyosati va hokazo.
Shartnoma siyosati tovami oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim
ko‘rinishida ulami chizmalashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-
tadbirlarga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar yetkazib berish
va uni to‘lov shartlari, shuningdek, kredit siyosati kiradi.
Taqsimot siyosati tovami tayyorlanish joyidan oluvchiga yetkazib
berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish
kanalini asoslash va tahlil
qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati. Iste’molchilar va bozorlaming
joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlami
omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalami o ‘z ichiga oladi.
Kommunikativ siyosatning vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va
foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar hamda xizmatni
siljitish bo‘yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash
uchun
marketing
tizimining
barcha
obyektlarini
korxona
-
mahsulot
tayyorlovchilar bilan o ‘zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: