2. Yangi tovar (xizmat) ishlab chiqarishda marketingning rolini
oshirish
Yangi tovarni ishlab chiqarishda marketing faoliyatini amalga oshi
rish muhim ahamiyatga ega. Marketologlar iste’mochi ehtiyojlariga to ‘la
mos keladigan mahsulot ishlab chiqarish taklifini berishi lozim. Yangi
tovar yaratish jarayonida bevosita xaridor bilan ushbu tovar haqida
muloqotga kirishish ham muhim ahamiyatga ega. Shu orqali muammoga
yechim topish yanada osonlashadi. Har bir mijoz talabidan kelib chiqqan
holda turli dizaynli mahsulot yaratishda ham marketingning o ‘m i katta.
Marketolog yangi mahsulot ishlab chiqarish haqidagi g ‘oyalami chuqur
tahlil qilishi va ular orasidan korxona imkoniyatlariga mos keluvchi va
xaridor ehtiyojini to ‘la qondirishga qaratilgan eng optimal variantini tan-
lab olishi zarur. Bundan tashqari, marketologlar ishlab chiqarish imko-
niyatlarini to ‘g ‘ri baholay olishi va texnologiyalarga yaxshi tushunishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: