SkJDj. Ergaskxodjayeva -Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
ISBN 978-9943-6730-2-1
й « И я а о в ш м р т е ж л а н г а ваш раёт-матбаа
уШя», 2§2$.
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng k o ia m li iqtisodiy
islohotlar jarayoni xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samarali
tashkil qilish, ular faoliyatini bozor talablariga moslashtirishni talab
qilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlami
sotish, xizmat ko ‘rsatish sohalarini samarali rivojlantirish, raqobatbar-
dosh tovarlarni yaratishda marketing fanining roli juda kattadir.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur
yo‘nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot
bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. M arketing insoniyatning eng
qadimiy faoliyatlaridan biri b o ‘lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan
hisoblanadi.
Marketing faoliyati bozor munosabatlari sharoitida
tadbirkorlikning ilg‘or shakli bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarni tashkil
qilish ular faoliyatini yaxshilashda, kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirishda marketing faniga zarurat tu g ‘ilmoqda. Chunki, korxona
imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil,
rejalashtirish va nazorat qilish jarayonlari barchasi marketing faoliyati
deb
qaraladi.
M arketing
dasturi
bu
korxonani
um um xo‘jalik
faoliyatining direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va
yuqori boshqarish b o ‘g ‘ini uchun qaror qabul qilishning asosidir.
Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonaning o'tgan
davrdagi faoliyat natijalari b o ‘lib, unda maqsadli bozorning rivojlanishi
tahlili va prognozi, firmani rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi
xulq-atvorini strategik yo‘li, tovar, narx, sotish va rag ‘batlantirish
siyosatlarining chora tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan b o ‘ladi.
Ishlab chiqarish korxonasi b o ‘lsin, kichik biznes va xususiy tadbirkolik
b o ‘lsin bulaming asosiy maqsadi foyda olishdir, buning uchun foyda
keltiradigan tovarlarni sotishni k o ‘paytirish, ular hissasini oshirish
lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko'paytirish esa, tovar manbalarini
topishni,
ular ichidagi
eng
samaralisini
tanlashni talab
etadi.
Shuningdek, XXI asming boshlarida sotuvchi va iste’molchi o ‘rtasida
uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish raqobatli
ustunlikka aylanadi. 2017-yil 7-fevraldagi davlatimiz rahbarining
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Res-
publikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y o ‘nalishi b o ‘yicha
I larakatlar strategiyasida samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
3
b o ‘yicha, “ ...iqtisodiyot tamioqlari uchun samarali raqobatbardosh
muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida mono-
poliyani bosqichma-bosqich kamaytirish”ni ifodalovchi ustuvor y o‘na-
lishi raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyatga
egadir. Raqobat kurashi sotuvni rag‘batlantirish, marketing sohasiga,
ya’ni iste’molchi bilan to ‘laqonli ishlashga o ‘tdi. Yuqoridagilarni amal-
ga oshirish uchun esa marketingdan samarali foydalanish talab etiladi.
Bugungi kunda marketing rivojlangan mamlakatlarda jadal rivojlangan
b o iib , ijtimoiy hayotning barcha sohalari: ishlab chiqarish, taqsimlash.
ayirboshlash, shuningdek, xizmat k o ‘rsatishning barcha turlarini,
maorif-madaniyat, ilm-fan, siyosiy partiyalar va harakatlar bilan
chambarchas
bog‘langan.
Marketing
korxonalarga
iste’molchilar
ehtiyojlarini oldindan k o 'ra bilish va iste’molchilar ehtiyojlarini
qondirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish
mumkinki, mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda, chakana va
ulgurji
savdo
korxonalarida,
xizmat
k o ‘rsatish
korxonalarida
marketingdan
samarali
foydalanish
tovarlar
yoki
xizmatlar
raqobatbardoshligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu
darslikda
marketingning
mohiyati
va
mazmuni
b o ‘yicha
umumlashtirilgan yangi ilmiy-nazariy bilimlar, uslubiy tavsiyalar,
marketingning o ‘ziga xos xususiyatlari, asosiy rivojlanish bosqichlari,
shakllari, turlari hamda uni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish yo‘llari va
usullari aks ettirilgan. Darslik iqtisodiyot, marketing, menejment,
buxgalteriya hisobi va audit, turizm bakalavriat ta ’lim yo‘nalishlarida
tahsil olayotgan talabalarga, magistrlarga, shuningdek, tadbirkorlar,
fermerlar, biznesmenlarga m o‘ljallangan.
4
|