«Manfaatli maydonlarga kuchlarni to ‘plash» - faoliyat hajmi
katta bo ‘lmagan firma o ‘zining xabardorligini yaxshiroq ro‘yobga
chiqarishi yoki asosiy raqobatchilar bilan to ‘qnashuvdan saqlanib qolishi
mumkin.
« 0 ‘rinni saqlash» - raqobatchilaming e’tiborini olmagan bozor
faoliyatida doimiylikni saqlash.
«Aylanib chiqish» - raqobatchilar bilan to ‘g‘ri to ‘qnashuvdan
saqlanish. Shu bilan birga firma raqobatga chidamagan tovarlami ishlab
chiqarib servis xizmatlarini yaxshilamay, raqobatchilar nuqtayi nazari-
dan jozibasiz bo ‘lgan sotish kanallari va rag‘batlantirishdan foydalanish
va boshqalar.
Marketingning funksional strategiyasiga birinchi navbatda maqsadli
bozor strategiyasi, segmentatsiya va mavqelashtirish kiradi.
Maqsadli bozor - bu aniq bozor, unda firma marketing imkoniyatlarini to‘laroq
ro‘yobga chiqarish uchun o ‘zining faoliyatini tashkil etadi. Maqsadli
bozorlami aniqlash jarayoni amaliy marketingda eng m as’uliyatli payt
hisoblanadi. Bu yerda uchta yondashish aniqlangan: ommaviy, differen-
siallashgan va konsentrlashgan.
Ommaviy marketing hamma iste’molchilaming umumiy ehti-
yojlarini afzal k o ‘rgan holda butun bozor ahvolidan xabardorlikni
uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli b o ‘lgan tovarlar sotish
hajmini k o ‘paytirishga qaratadi. Bu yerda potensial iste’molchilaming
ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab
chiqiladi. Chuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo‘qolgani
sababli marketingga b o ig a n xarajatlar ham nisbatan kam b o iad i.
Differensiallashgan marketing ayrim segmentlarda, ayrim vaqtda
har xil talablar va tavsiflarga ega b o ‘lgan ulaming majmualarida
qo‘llaniladi. Bu yerda iste’molchilaming talablarini to ‘laroq qondirish,
bozordagi o ‘rinni kelajakda mustahkamlash maqsadida korxona
tomonidan turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o ‘ma-
tishga to ‘g ‘ri keladi, y a ’ni chuqur marketing izlanishlarini olib borish,
ayniqsa tovar assortimentini kengaytirish, reklama faoliyati, rag‘-
batlantirish va sotish yo‘nalishlarida. Bulaming hammasi marketingga
sarflangan xarajatlami k o ‘paytiradi.