talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar
k o ‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo
raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib
chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar,
teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta ’minlaydi. Erkin
raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda jud a
k o ‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan
bozorda ko'plab sotuvchilar o ‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan
sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki, har bir korxonada umumiy
ishlab chiqarish hajmi uncha katta b o ‘lmaydi. Shu sababli alohida
korxonada ishlab chiqarishning k o ‘payishi yoki kamayishi umumiy
taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli ta ’sir k o ‘rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi,
tarmoqda mavjud b o ig a n korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi
mumkin. Xususan yangi korxonalaming paydo b o ‘lishi va ulaming
raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliya
viy va boshqa jiddiy iqtisodiy to ‘siqlar b o ‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: