Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Makrodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   191
marketing

Makrodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. 
Mamlakatning 
raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon 
bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko'rsatish qobiliyati sifatida ta ’riflash mumkin. Mamlakatning raqobat­
bardoshlik k o ‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi 
mavqeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab chiqaruv- 
chining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy 
k o ‘rsatkich hisoblanadi.
M ezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. 
Firmaning raqo- 
batbaTdoshligini 
baholash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalmilal- 
lashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan m ahsu­
lot talabgirligining yagona mezoni b o iib raqobatbardoshlik hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda "raqobatbardoshlik" tushunchasining yagona ta ’rifi 
mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining k o ‘p b o iish i ehtimolini 
belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilaming turli xil boshlan- 
g ‘ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida 
korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning k o ‘rib chiqilishidir. Raqo­
batbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaf- 
faqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbar- 
dosh boim ayd i. Bu hoi tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni 
chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani 
shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish 
lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga k o ‘ra ichki bozordagi raqobat 
xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi.
Raqobat munosabatlari uchta bosqichda amalga oshiriladi:
• mahsulot, ishlab chiqarish va korxonaning muayyan mikro turlari;
• mezotarmoqlar, korxonalaming tarmoq korporativ birlashmalari 
va gorizontal integratsiyalashgan firmalar;
• tarmoqlararo integratsiyalashgan makroiqtisodiy majmualar.
Har qanday sanoat firmasi, har qanday tovar ishlab chiqaruvchi u 
tashkil etilgan vaqtdan boshlab va butun faoliyati davomida o ‘zi uchun 
zarur b o ig a n raqobatbardoshlik muammolarini hal etishiga to ‘g ‘ri 
keladi. Jahonning k o ‘plab mamlakatlari iqtisodiyoti jahon x o ‘jaligi
165


aloqalariga jalb etilgan, milliy bozor va uning talablari esa jahon bozori 
va xalqaro raqobatbardoshlikning faol t a ’siri ostida shakllanadi.
0 ‘zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqa- 
rishni kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlam i modemi- 
zastiya qilish, yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash 
maqsadida 
investitsiyalami 
amalga 
oshirishda, 
albatta, 
ishlab 
chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash talab 
etiladi. Tadbir-korlik muhiti tomonidan raqobatbardoshlikning eng 
muhim omillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Ichki bozorda raqobatning 
jadalligi, axborot infratuzilmasining rivojlanishi, talab xususiyatlarining 
murakkablashuvi va ichki taklifning m iqdor va sifat b o ‘yicha talabga 
mosligi. Raqobatbardoshlik ko ‘rsatkichlari va bozor institutlarini 
shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlari b o ‘yicha orqada qolish 
0 ‘zbekistonda ham kuzatilmoqda. Bunga barham berishda innovatsion 
tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga davlat tomonidan 
k o ‘rsatiladigan k o ‘mak asosiy rolni o ‘ynashi mumkin.

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin