Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Raqobat deganda nimani tushunasiz?
2. Bozorda raqobat nechta bosqichdan o ‘tadi?
3. Raqobatning ijobiy va salbiy jihatlarini aytib bering.
4. Subyektning mavqei qachon ustun deb hisoblanadi?
5. Oligopoliya deganda nimani tushunasiz?
6. Raqobat munosabatlari nechta bosqichda amalga oshiriladi?
7. Raqobat ustunligiga qanday erishiladi?
8. Hujumkor strategiyaning oltita asosiy turlarini sanab bering
9.“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi nimadan iborat?
10. F. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda
raqobatchilik strategiyasini qanday turlarga ajratib ko ‘rsatadi?
173
9- M ODUL. TOVAR SIYOSATI
9.1. Tovar va xizmat tushunchalari mohiyati
“Tovar” so ‘zi lotincha “produce” - hosil qilmoq fe’lidan kelib
chiqadi. "1575-yildan buyon" tovar "so‘zi ishlab chiqarilgan narsaga
nisbatan qo'llanila boshlagan44. Tarixiy davrlarga kelib tovar munosa-
batlari jam iyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur
qamrab oladi.
Tovar ishlab chiqarish vujudga kelishi va amal qilinishining
ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro ‘y berishi. Bunda ishlab chiqa-
ruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuv, o ‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo'yicha, ya’ni
mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati
bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruv-
chilaming iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o ‘z mulklari
hamda mehnat natijalarini o ‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik
xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlami ishlab chiqaruvchining o ‘zi hal
qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur
qilib qo ‘yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti
hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, y a ’ni bozorda ayirboshlash uchun,
sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar
ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovaming iqtisodiy m a’nosi birinchi bo‘lib Adam Smit tomonidan
izohlangan.45 Klassik iqtisodchilar va Karl Marksning nazariyasiga k o ‘ra
tovar - bu mehnat asosida ishlab chiqarilgan va bozorga sotish uchun
olib chiqilgan har qanday narsa.
Tovami tushunishda tovaming mazmunini, uning xususiyatlarini
bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta ’rif berishda ham iqtisodchi
lar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, Ye.F.Borisov
ta ’rifiga k o ‘ra «Tovar - bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida
ayirboshlashga m oijallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy nafliiik-
44
http://w w w .w ikipedia.org/uz
45 А дам См ит. "И сследование о природе и причинах б о гатства народов". - М осква. Эксмо,
2 0 16, 203 стр.
174
dir».46 Bundan ko ‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida
qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda
«ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar
iqtisodiy n e’m atning maxsus shakli b o ‘lib hisoblanishi ko‘rsatib beril
gan: «Tovar - bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus
iqtisodiy n e’mat».47 Bu va boshqa qator olimlaming fikrlari asosida
ta ’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega
b o ‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilaming qandaydir
ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga
ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka
(iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. Marketingda tovar deganda,
ehtiyoj yoki talabni qondirishi mumkin bo‘lgan va bozorda taklif etilgan
har qanday narsa tushuniladi. Ishlab chiqarish sohasida tovarlar
xomashyo sifatida sotib olinadi va tayyor mahsulot sifatida sotiladi.
XX asrlargacha iqtisodiyotda ayirboshlash va savdo jarayonlari
markazida tovar muhim rol o‘ynagan. Bugungi kunga kelib, ayniqsa,
o ‘tgan asm ing ikkinchi yarmida yana bir asosiy tushuncha, “xizmat”
tushunchasi paydo b o id i. Xizmat deganda, aw alo, mehnat mahsulotini
tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi b o iib ,
insonlaming aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda, xizmat - bu insonlaming ehtiyoj va talablarini qondirishga
qaratilgan faoliyatdir. Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi
xizmatlami ko ‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan
faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi
tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jum lasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar
va turli mulk shakliga ega b o ig a n servis korxonalari kiradi. Ular
mehnatining natijasi b o iib xizmat hisoblanadi.
Xizmatlar iqtisodiy faoliyat turi sifatida k o ‘p vaqtlardan beri
mavjud. Birinchi b o iib , “xizmat” tushunchasini fanga klassik iqtisodiy
maktab namoyandasi fransuz iqtisodchisi Jan Batist Sey kiritgan. U
46 Б орисов Е.Ф. Э коном ическая теория: учеб. - 2 -е изд.. перераб. и доп. - М .: Т К Велби,
И зд -во П роспект, 2005, с. 144.
47 Э коном ическая теория: Учебник. - И зд ., испр. и доп. / П од общ . ред. акад.
В.И .В идяпина. А .И .Д обры нина, Г .П .Ж уравлевой , Л .С .Т арасевича. - М.: И Н Ф Р А -М , 2005,
с . 143.
175
xizmatlami faqat inson tomonidan emas, balki jism va tabiat kuchi
tomonidan ham ko‘rsatiladi, deb hisoblagan.48
Klassik iqtisod maktabi asoschisi Adam Smit o ‘z tadqiqotlarida xiz
matlar sohasini alohida tadqiq qilmagan. Olim xizmatga mehnat sifatida
qaraydi va mehnat (xizmat) ishlab chiqarilish jarayonining o ‘zida
iste’mol b o iishin i, unumli va unumsiz mehnat (xizmat)larga bo‘linishini
aytib o ‘tgan. Shuningdek, A.Smit mehnat (xizmat) qiymat yaratmasli-
gini, qiymat faqat moddiy sohada yaratilishini e’tirof etgan.49
Marksizm maktabi asoschisi Karl Marks ham xizmatlami alohida
tadqiq etmasa-da, u o ‘z asarlarida “samarali xizmat” tushunchasini ishla-
tadi. Xususan, u transport xizmatlarini sanoat rivojida samarali xizmatlar
sifatida baholaydi. Shuningdek, K.Marks jam iyatda kapitalist va ishchi-
lami pulning chiqish manbai sifatida, xizmat k o ‘rsatuvchilami pulni
kirish manbai sifatida e ’tirof etadi.50
Neoklassik maktab vakili Alfred Marshall xizmatlar to ‘g ‘risida
ancha dadil va Shu bilan bir qatorda, mantiqan asoslangan fikrlami
maydonga tashlagan va xizmat ko‘rsatish sohasining nazariy asoslarini
shakllantirishda o ‘zining munosib hissasini qo'shgan. U xizmatlami
mehnatning nom oddiy,'l sezgi organlari vositasida ilg‘ab bo‘lmaydigan
natijalari sifatida talqin qilgan. Aynan, A.Marshall barcha ne’matlami
moddiy va nomoddiy n e’matlarga b o ia r ekan, ularning barchasi mam-
lakatdagi ijtimoiy boylikni shakllantirishda birday muhim ekanligini
isbotlashga alohida e ’tibor qaratgan. U birinchi b o iib , insonning hayot
faoliyatida va ehtiyojini qondirishida moddiy noz-ne’matning o ‘ta m u
him va zam r ekanligini e ’tirof etish bilan bir qatorda, k o ‘z bilan ilg‘ab
boim aydigan turli nomoddiy noz-ne’matlar va xizmatlaming ham katta
ahamiyati borligini ilmiy jihatdan asoslab berdi.51
XX asrlargacha iqtisodchi olimlar xizmatlami ko‘zga k o ‘rinmagan-
ligi sababli, uni alohida kategoriya sifatida talqin etmaganlar. Keyincha-
lik sanoat va fan-texnika rivojlanishi natijasida xizmatlar sohasi alohida
iqtisodiy tizim sifatida ajralib chiqdi. Natijada, postindustrial jamiyat
yuzaga keldi (9.1.1 -jadval).
Ж ан Б ати ст Сей, Ф редери к Баетиа. “Т рактат по поли ти ческ ой эконом ии". - М осква.
Д ело, 2000.
49 А дам См ит. "И сследование о природе и п ричинах б о гатства народов". - М осква. Эксмо,
2016.
50 Карл М аркс: Капитал. С анкт-П етербург. И Г Л ениздат, 2013 г.
51 А льф ред М арш алл. П ринципы ж он ом н ческой науки. М осква. П рогресс, 1993.
17 6
|