8.3. Raqobatli ustunlik va raqobatbardoshlik
Hozirgi davrda xalqaro savdo nazariyasida raqobatda ustunlikka
erishish, uni ushlab turish muammosi birinchi o ‘rinda turadi. Jahcn
bozorida peshqadamlikni q o id an bermaslik uchun yuqori sifatli
mahsulotlami taklif qilish va baholi raqobatga bardosh berish
qurbiga ega b o iis h kerak. Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning
firmaga o ‘zining bevosita raqobatchilariga nisbatan m a iu m bir afzallik
beradigan xarakteristikasi va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar
(atributlar) g'oyatda xilma-xil b o iish i va tovam ing o ‘ziga (asosiy
xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo ‘shimcha xizmatlarga, ishlab
chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli b o iish i, hamda firma yoki
tovarga xos b o iish i mumkin. Demak, bunday afzallik nisbiy b o ia d i va
tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega b o ig a n
raqobatchiga nisbatan belgilanadi.
8.3.1-jadval
Raqobat ustunligini tanlash holati
Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umu-
m an olganda, bu omillami ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi
afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin
Agar raqobatli afzallik tovaming ajralib turuvchi sifatlariga asoslan
gan b o isa , u “tashqi” afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlaming qis-
162
qartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun
qiymatli bo ‘ladi.
Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning “bozor qudratini”
oshiradi, y a ’ni u bozomi imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq
sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli
raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlami taklif eta olmaydi. Tashqi
raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya differensiya strategiyasi
b o iib , bu strategiya firmaning marketing sohasidagi “nou-xau”siga,
uning mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan xaridorlaming istaklarini
aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi. Agar raqobatli afzallik
firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga
yoki raqobatchidan k o ‘ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi
va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga asoslangan
bo'Isa, bunday afzallik “ichki afzallik” deb ataladi. Ichki raqobatli
afzallik - firmaga k o ‘proq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv narxla-
rining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga k o ‘proq darajada
bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir. Ichki raqobatli
afzallikka asoslangan strategiya xarajatlar bo'yicha afzallik strategiyasi
bo'lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish “nou-xau”siga
asoslanadi. Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha
bo'lgan bu ikki turi ko'pincha, bir-biriga to ‘g ‘ri kelmaydi, chunki ular
mutlaqo farq qiluvchi ko ‘nikma va madaniyatni talab qiladi.
Raqobatbardoshlikni tahlil qilishning vazifasi strategik xulosalar
chiqarish va ustuvor maqsadlami belgilash uchun firmaga shu o ‘qlarda
joylashishga imkon berishdan iboratdir. “Bozor kuchi” o ‘qidagi o ‘rinni
tanlash uchun avvalgi boblarda k o ‘rib chiqilgan markaning imijini
tadqiq qilishda olingan m a’lumotlardan foydalanish kerak. Bu tadqiqot
lar bozor qabul qiladigan qiymatni o'lchash va narx bo‘yicha egiluv-
chanlikni baholashga imkon beradi. “UnumdorIik”ni tahlil qilishda
tajriba egri chizig'idan kelib chiqish yoki “bozomi razvedka qilish”
xizmati m a’lumotlarini hisobga olish lozim, bu xizmat raqobatchilar
ustidan kuzatuv o ‘matish vazifasini bajaradi. M .Porteming ta ’kidlashi-
cha, firmalaming raqobat jihatdan ustunliklari va mamlakatning iqtisodiy
o ‘sishi darajasi o ‘rtasida bogiiqlik mavjud. Islohotlami bosqichma-
bosqich amalga oshirish, bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivoj
lantirish, o ‘z navbatida, monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish
va raqobatni rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bu masala
163
1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi «Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va raqobat to ‘g ‘risida»gi
qonunda k o ‘rsatilib o'tilgan.
Qonunda asosan ikki maqsad ko'zlangan:
Birinchisi - monopol hokimiyatga ega bo‘lgan korxonalar tomoni
dan bozordagi yakka hokimlik mavqeyini suiste’mol qilmaslik va uni
oldini olishni, oldingisidan tubdan farq qiluvchi yangi qonunni ishlab
chiqish;
Ikkinchisi - bu har bir sohada monopoliyadan chiqarish va sog‘lom
raqobat muhitini yaratishdir.
Subyektnig o ‘z ustun mavqeyini suiiste’mol qilishi keng tarqalgan
monopolistik faoliyat turlaridan biridir. Ustun mavqe «Tovar bozorlari
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to ‘g ‘risida»gi qonunning
3-moddasida berilgan. Unga ko ‘ra «Ustun mavqe - o ‘m ini bosuvchi
bo'lm agan tovar bozorida yoki bir-birininig o ‘m ini bosadigan tovarlar
bozorida x o ‘jalik yurituvchi subyektning o ‘ziga raqobatni cheklashga
hal qiluvchi ta ’sim i k o ‘rsatish, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar-
ning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy
faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan
hukmron mavqedir. Bozordagi ulushi 65% yoki undan ortiq foizni
tashkil etadigan xo'jalik yurituvchi subyektning mavqei ustun mavqe
deb e ’tirof etiladi».
Lekin, bozordagi ulushi 65% va undan ham ortiq bo'lgani bilan
uning mavqeyi ustun deb e ’tirof etilmasligi mumkin. Buning uchun
subyekt raqobatga salbiy ta ’sir, ya’ni faoliyat yuritayotgan boshqa
tadbirkorlarga salbiy ta ’sir k o ‘rsatmayotganligini asoslab berishi lozim.
Bozordagi ulushi 35% dan 65% gacha b o ig a n subyekt ustun
mavqega ega boim aydi. Biroq monopoliyaga qarshi organ tomonidan
m azkur holat ustun mavqe deb e ’tirof etilishi ham mumkin. Bunda tad-
birkom ing bozordagi ulushining barqarorligi, bozordagi raqobatchilarga
tegishli ulushlaming miqdori, mazkur bozorga yangi raqobatchilaming
kira olishlari va boshqa mezonlar inobatga olinadi. 35% gacha b o ig an
ulush ustun mavqe holatini keltirib chiqarmaydi.
Ustun mavqeni belgilab beruvchi darajada k o ‘rsatkichlar turli dav-
latlarda turli xildir. Bu bevosita shu davlat iqtisodiyotining rivojlangan-
lik darajasiga b o g iiq . Rivojlangan davlatlarda bu k o ‘rsatkichlar 10%
dan 30% gacha qilib belgilab qo‘yilgan. Bu bevosita shu davlatlarda
164
raqobatning rivojlanganligidan hamda monopolistik faoliyatni yo‘qligi-
dan yoki kam darajada ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |