9.2. Tovar va xizmatning iste’mol xususiyatlari, uning aholi ehtiyojlariga moslashtirish bo‘yicha talablar Tovar ishlatilish maqsadiga ko‘ra, asosan, iste’mol tovarlari va
sanoat tovarlari turlariga b o ‘linadi. Iste’mol tovarlariga to ‘xtaladigan
bo‘lsak, iste’mol tovarlari - bu shaxsiy iste’mol uchun m oijallangan
tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olina-
digan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga
boiinad i.
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-
ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy may-
da tovarlarni kiritish mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga k o ‘ra
ulami o ‘z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
• doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo ‘jalik sovuni);
• impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta);
• favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont).
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak,
uy-ro‘zg‘or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlami qiyoslashni,
narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni
talab qiladi. Ushbu tovarlar:
• o ‘xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn,
narxi bo ‘yicha farqlanadi);
• alohida ko‘rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan).
Alohida talabdagi tovarlar - muayyan turdagi iste’molchilami
o'zining alohida iste’mol xususiyatlari orqali jalb qiluvchi tovarlar
turkumi. Alohida talabdagi tovarlarni izlab topish uchun xaridor k o ‘p
vaqt sarflaydi va mijoz ulami o ‘zi uchun zamr deb hisoblaydi. Odatda,
bunday turdagi tovar iste’molchilari boshqa o ‘rinbosar tovarlarga nis
batan befarq bo ‘ladilar. Misol uchun, agar siz maxsus brenddagi sho-
koladni xarid qilmoqchi bo'lsangiz, boshqa turdagi muqobil variantlar-
dan voz kechasiz. Alohida talabdagi tovarlar boshqa turdagi tovarlardan
narxining nisbatan yuqoriligi bilan ham ajralib turadi.