Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


 A ssortm ent siyosatini shakllantirish



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

6. A ssortm ent siyosatini shakllantirish
Assortiment siyosatini amalga oshirish tovam ing hayotiylik davri 
bilan bog‘liq bo ‘lib, eng asosiy maqsadi o ‘z vaqtida tovarga kerakli o ‘z- 
gartirishlami kiritishdan iborat.
7. Narx siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
Narx siyosatini ishlab chiqish marketing strategiyasini ishlab 
chiqishda muhim ahamiyatga ega. Chunki narx asosida bozor tartibga 
solib turiladi. Narx yordamida iste’molchining talabi shakllanadi. M ar­
keting kompleksi elementlari orasida faqat narxgina korxona foydasini 
shakllantiradi qolgan uchta element, y a ’ni tovar, sotish va rag‘batlan- 
tirish bevosita xarajat bilan bog‘liq. Bundan tashqari, raqobat muhitini 
shakllantirishda ham narx muhim o‘rin tutadi, y a ’ni raqobat vositasi 
bo ‘Iib hisoblanadi.
Bundan tashqari, bir qancha vazifalar ham mavjud.
M effert 1986-yilda marketing vazifalarini uchta guruhga bo‘lib 
k o ‘rsatadi:
• korxonaning bozordagi faoliyati bilan bog‘Iiq vazifalar;
• korxonaning ichki faoliyati bilan bog‘liq vazifalar;
• korxonaning tashqi soha bilan amalga oshiruvchi operatsiyalari 
bilan bog‘liq vazifalar.
34


2.3. M arketingning asosiy tamoyillari
M arketing tamoyillari kompaniyaning samarali marketing strate­
giyasini ishlab chiqishi uchun foydalanadigan marketing g ‘oyalari b o iib
hisoblanadi.
M arketingning eng fundamental tamoyili b o ‘lib iste’molchiga yo‘- 
naltirilganlik hisoblanadi hamma faoliyat inson ehtiyojlarini qondi- 
rishga qaratiladi.
Marketing strategiyasiga asoslangan holda marketingning aso­
siy tamoyillari quyidagilar:
• marketingni boshqarish-tegishli maqsadlarga erishishda turli 
vazifalami bajarish jarayonida marketingni boshqarish faoliyati;
• rejalashtirish -tu rli marketing dasturlarini yaratish, marketing fao­
liyatini uzoq, o ‘rta va qisqa muddatli rejalashtirish;
• bozor tadqiqotlari -korxonaning iqtisodiy sharoitlari va ta ’minot 
imkoniyatlari;
• segm entatsiya-eng muhim bozor segmentlarini izlash va ular 
uchun tovarlarni yetkazib berish;
• m oslashish-real va potensial talabga nisbatan moslashuv jarayoni.
• innovatsiya-yangi tovar yaratish.
• rag‘batlantirish-tovam i targ‘ib qilish, tovar haqidagi axborotni 
iste’molchilarga yetkazish. M azkur marketing tamoyillariga qat’iy rioya 
qilish kompaniya tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkonini 
beradi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin