Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Bozor segmentatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Bozor segmentatsiyasining qanday turlarini bilasiz?
3. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillarini aytib bering.
4. Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz?
5. M akrosegmentlash va mikrosegmentlash deganda nimani 
tushunasiz?
6 . Bozor segmentatsiyasining tamoyillarini tushuntirib bering
7. Tovami pozitsiyalashtirish deganda nimani tushunasiz?
8 . Demografik tamoyil va geografik tamoyil orasida qanday farq
bor?
146


8-MODUL. RAQOBATLI STRATEGIYALAR
8.1. Raqobat tushunchasi va mohiyati
Raqobat bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim xususiyati. U amal 
qilishi uchun m a’lum shart-sharoit muhayyo bo‘lishi talab qilinadi. 
Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida b o ‘lishi mumkin, chunki 
undagina u zarurat b o ia d i, shushingdek, unga yo ‘l ham ochiladi. 
Shunday ekan bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda 
raqobatchilikning shakllanishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining shakl- 
lanishidagi klassik y o‘l G ‘arb mamlakatlarida b o‘lib, u yerda raqobat­
chilik muhiti uzoq yillar mobaynida, davlatning ishtirokisiz, o ‘z-o‘zidan, 
ya’ni stixiyali yuz bergan. Shu yo ‘sinda erkin raqobat paydo b o ‘lgan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv tendensiyalari paydo b o ‘lish munosabati 
bilan erkin raqobat cheklanadi, shu sababdan sog‘lom raqobatchilik 
muhitini yaratishda davlat ham qatnashadi. Buni davlatning antimonopol 
siyosatida ko ‘rish mumkin. Bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan 
yaratishga emas, balki uni saqlab qolishga, kezi kelganda qaytadan 
tiklashga, raqobatning madaniylashgan usullarini qaror toptirishga 
qaratiladi. Davlatning xususiy monopoliyalami jilovlashga qaratilgan 
tadbiri 1890-yilda AQShda qabul qilingan “Sherman qonuni” b o iib , u 
tarixda antitrest qonuni deb nom olgan. Keyinchalik bu qonun bir necha 
marta monopoliyalarga qo‘yilgan talablarni jiddiylashtirish uchun qayta 
к о ‘rib chiqilgan. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga 
oshirish uchun zarur b o ‘lgan m a’muriy choralar boshqa mamlakatlarda 
ham ular sharoitlari taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Antimonopol qonunchilik asosan quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha 
shakllanadi.
1. Ishlab chiqarish tizimi (tarkibi)ni boshqaruvchi qonunlar yoki 
ular moddalarini aniq belgilash. Ularga k o 'ra odatda hech bir korporat- 
siya u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig‘ini 
nazorat qilishga haqqi bo‘lmaydi..
2. Barcha yirik korporatsiyalaming ishtirokchilari boshqa korporat- 
siyalarning aksiyalarini m a’lum cheklangan miqdordan ortig‘iga ega 
b o ‘la olmasliklari kerak.
147


3. 
Narxlarni talab va taklif muvozanati belgilangan darajadan yuqori 
yoki past tutib turishni, narx xususida kelishib olishni man qiluvchi 
antikartel qonunlami joriy etish.
Iqtisodiyotni tartibga soluvchi “ko 'zg a ko‘rinmas qo‘l” raqobatdir. 
Shunday ekan, har bir mamlakat iqtisodiyotining qay darajada rivojla- 
nishi shu davlatdagi raqobat muhitming amaldagi holatiga b o g iiq
b o ia d i. Binobarin, erkin bozor iqtisodiyotining negizini tashkil etuvchi 
munosabatlardan biri - b u raqobat deyish mumkin.
Zero, raqobatni rivojlantirmay va uni himoyalash mexanizmini 
yaratmay turib, iqtisodiyotni erkinlashtirish yoki iqtisodiy samarador- 
likka erishishni tasavvur qilish qiyin.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin