Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Marketing strategiyasi tizimi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

5.2. Marketing strategiyasi tizimi
Marketing strategiyasi deganda m a’lum muddatga belgilangan kor­
xonaning bozordagi xatti-harakatlari tamoyilining modelidan foydala­
nish tushuniladi.
“Strategiya” atamasi yunoncha so‘z b o iib , “generalning san’ati” 
demakdir. “Strategik boshqarish” atamasi 1960-1970-yillarda yuqori po- 
g ‘onada amalga oshiriladigan boshqarishni ishlab chiqarish darajasidagi 
boshqarishdan farqini ifodalamoq uchun kundalik hayotga kirib keldi.
Strategiyani amalga oshirish eng murakkab va uzoq vaqt mobaynida 
olib boriladigan jarayon b o iib , korxonaning istiqboldagi maqsadlarini 
ro ‘yobga chiqarishni ta ’minlashga xizmat qiladi. Strategiyani amalga 
oshirish uni ishlab chiqishga nisbatan ancha og‘ir vazifadir. Shuning 
uchun strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda uni tanqidiy 
nuqtayi nazardan baholash zarur bosqich b o iib , bunda olib borilayotgan 
siyosat ko ‘zlangan maqsadga muvofiq kelmay qolsa, bu holat chuqur 
tahlil etilib, strategiyaga tegishli o ‘zgarishlar kiritib boriladi.
Tashqi va ichki muhitda vujudga keladigan yangi shart-sharoitlar 
korxona strategiyasini o ‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, 
“Sovplastital” q o ‘shma korxonasi o ‘z faoliyatining ilk davrida faqat 
plastmassadan tayyorlanadigan 10 xil turdagi sun’iy gul mahsulotlarini 
ishlab chiqargan. Yillar davomida olib borilgan doimiy izlanish va 
bozomi chuqur tahlil etish hamda zamonaviy texnologiyalami o‘m atish 
natijasida qo‘shma korxona plastmassa, rangli shisha, chinnidan tay­
yorlanadigan mahsulotlar va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaruvchi 
M arkaziy Osiyodagi eng yirik korxonalardan biriga aylandi. Hozirgi 
kunda korxona 30 dan ortiq mamlakatlarga o ‘z mahsulotlarini eksport
84


qilmoqda. Bunga “Sovplastital” qo‘shma korxonasi bozorda yuz be- 
rayotgan o'zgarishlam i vaqtida va tezlik bilan tahlil qilib, bozom ing 
yangi talablariga mos keladigan aniq marketing strategiyasini ishlab chi- 
qib erishdi.
Korxonalar o‘z muvaffaqiyatini marketing strategiyasi orqali ta’- 
minlashga harakat qiladilar. Korxona tomonidan ishlab chiqiladigan 
marketing strategiyalarini uch darajada ko‘rib chiqish mumkin:
korporativ;
• funksional;
• instrumental.
Korporativ strategiyalar asosan korxona resurslaridan bozor eh­
tiyojlarini qondirish maqsadida yaxshiroq foydalanish imkoniyatlarini 
belgilaydi. Shu bilan b o g iiq holda ular faoliyat hajmining kengayishi, 
bozor talabini qondirish, korxona ishchilarining tashabbusini va ijodini 
rag‘batlantirish, yangi faoliyat sohalarini yaratish kabi masalalami hal 
qilishga qaratilgan. Y a’ni korporativ strategiya korxonani umumiy ri- 
vojlanishining y o‘nalishini k o ‘rsatadi.
Korporativ strategiyani amalga oshirish maqsadlari:
• b o iim la r o ‘rtasida resurslami taqsimlashni optimallashtirish
• turli b oiim lam in g harakatlarining muvofiqligini ta ’minlash
• Kadrlar siyosati
• umumiy strategiyalar, shu jum ladan biron bir b o iin m ag a tegishli 
b o im ag an vakolatlardan foydalangan holda individual biznes b o iin -
malarining umumiy strategiyada integratsiyasini t a ’minlash.
• aksiyadorlar manfaatlarini maksimal darajada hisobga olishni ta ’­
minlash
• diversifikatsiya strategiyasini amalga oshirish (ko‘plab kompa- 
niyalar o ‘sish masalasini k o ‘taradilar va vaqti-vaqti bilan diver- 
sifikatsiyaga o'tadilar; masalan, turizm va tibbiy xizmatlar bilan shu- 
g ‘ullanadigan kompaniya va boshqalar)
• natijalar ustidan nazoratni ta ’minlash
• inqirozni yengib o'tish (inqirozga qarshi strategiyani amalga oshi­
rish kompaniyaning asosiy muammolarini hal qilish uchun qisqa vaqt 
ichida katta mablag ajratishni talab qiladi; bu m ablag iam i to ‘plash qi- 
yin; kompaniyalar majburan bitta sohani sotishga yoki yopishga majbur 
b oiishadi, bunday bo iin m ani sotish pul olib keladi).

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin