Urganch davlat universiteti jismoniy madanyat fakulteti



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə2/7
tarix16.12.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#181373
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faolyatini takomullashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi farmoni.

ASOSIY QISM: Jamg‘armaning tijorat va savdo-vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanishi istisno etiladi. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar hamda boshqa xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatiga keng miqyosda ko‘maklashib, har tomonlama yordam bersinlar.
“Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlashga hamda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari berishga nomzodlarni taqdim etish chog‘ida Jamg‘arma Vasiylik kengashining fikri hal qiluvchi deb hisoblansin. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari Jamg‘arma faoliyatini keng ko‘lamda yoritib, mamlakatda bolalar-o‘smirlar ommaviy sportini rivojlantirish ishidagi ijobiy tajribani targ‘ib qilsinlar, shuningdek Jamg‘armaning faol homiylari axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlanishini, shu jumladan reklama qilinishini ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.


1.1 O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faolyatini tashkil qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Jamg‘armaga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.1-ilovaga muvofiq vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, boshqa xo‘jalik birlashmalari, banklar, xalqaro, jamoat va nohukumat tashkilotlari, xorijiy kompaniyalarning Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi muassislari sifatida qatnashish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Jamg‘arma va uning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishda faol qatnashsinlar.
2. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Homiylik kengashi tuzilsin.
*2-ilova berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika darajasida Jamg‘arma Homiylik kengashining raisi ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamg‘arma mintaqaviy filiallarining homiylik kengashlari tuzilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli ravishda mintaqaviy filiallar homiylik kengashlarining raislari hisoblanadilar.
Bolalar sport inshootlarining moddiy bazasini qurish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat shahar va tumanlar hokimlarining tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-avgustdagi 335-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami , 2003-y., 15-16-son, 123-modda)
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilmasi, uning cheklangan xodimlari soni 18 kishidan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi va mintaqaviy filiallarning namunaviy tuzilmasi 3, 4, 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilansinki, Jamg‘arma apparati va uning mintaqaviy filiallari ta’minoti Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Jamg‘armaning Homiylik kengashiga:
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tuzilmalarini, shuningdek xorijiy sheriklar mablag‘larini jalb etishni ta’minlash;
bolalar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishga izchil yondashuvlarni, shuningdek bolalar sport inshootlari loyihalarining namunaviy, ilmiy asoslangan negizda ishlab chiqilishini va joriy etilishini ta’minlovchi aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Jamg‘armaga uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda, uning moddiy-texnika va moliyaviy bazasini mustahkamlashda har tomonlama ko‘maklashish;
Jamg‘arma tomonidan to‘plangan mablag‘lardan maqsadli (yo‘nalishlar bo‘yicha) va qonuniy ravishda foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash, Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining va uning tuzilmalarining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotini muntazam ravishda eshitish;
Jamg‘armaning ta’sis konferensiyasini o‘tkazishda, uni nohukumat xalqaro tashkilot sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishda va uning tuzilmalari rahbarlarini tasdiqlashda ko‘maklashish tavsiya qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Jamg‘arma direksiyasi bilan birgalikda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Jamg‘arma, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilgacha mamlakat aholi punktlarida bolalar sport komplekslarini joylashtirish va rivojlantirish sxemasini 2003-yil 1-yanvargacha ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda ularning hududlar bo‘yicha oqilona joylashtirilishini, shuningdek zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlanishini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiq bolalarning ijtimoiy va yoshi xususiyatlarini hamda bolalar va yoshlarning jismoniy tarbiya-sport tayyorgarligiga ehtiyojini, shuningdek bolalar sport komplekslarining sanitariya-gigiyena va maishiy sharoitlariga qo‘yiladigan yuksak talablarni hisobga oluvchi bolalar sport komplekslarining bazaviy namunaviy loyihalari tender asosida ishlab chiqilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma bolalar sport komplekslari bazaviy namunaviy loyihalarining buyurtmachisi etib belgilansin, bosh loyihalashtirish tashkiloti funksiyalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga yuklansin.
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Belgilansinki, ekspertizadan o‘tmagan va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishilmagan bolalar sport komplekslarini qurish qat’iy taqiqlanadi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Jamg‘armaning mintaqaviy filiallarini joylashtirish, ularni o‘z funksiyalarini bajarishlari uchun mebel va zarur texnika, aloqa vositalari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasini joylashtirish uchun bir oy muddatda bino ajratsin.
9. “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi shartnoma asosida Jamg‘arma direksiyasini xizmat avtotransporti bilan ta’minlasin, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi esa Jamg‘arma buyurtmanomasiga ko‘ra Jamg‘arma markaziy apparatini va uning mintaqaviy filiallarini zarur aloqa, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan jihozlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin