Urganch davlat universiteti jismoniy madanyat fakulteti


O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə4/7
tarix16.12.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#181373
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faolyatini takomullashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi farmoni.

2.1 O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi (keyingi o'rinlarda – kontsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasining maqsadli ko'rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini 2020 yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" 3-ilovaga muvofiq;
Respublika tuman (shahar)larni ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish ro'yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Kontsepsiyada nazarda tutilgan maqsadli ko'rsatkichlar va asosiy yo'nalishlar har yili O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan, shuningdek, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan byudjet mablag'lari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan "yo'l xaritasi" orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
3. Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:
har yili 1 noyabrga qadar kelgusi yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi (keyingi o'rinlarda – respublika kalendar rejasi) sport turlari bo'yicha federasiyalar (uyushmalar) taqdimnomasi asosida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi;
respublika kalendar rejasida belgilangan xarajatlar tarkibida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, sport turlari bo'yicha federasiyalar (uyushmalar)ning faoliyati bilan bog'liq xarajatlar, shuningdek, sportchilarni sug'urtalash xarajatlari nazarda tutiladi;
tasdiqlangan respublika kalendar rejasiga asosan hududiy hamda tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan har yili 1 dekabrga qadar tasdiqlanadi;
sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya), sport zaxirasini shakllantirish tizimini yo'lga qo'yish, yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o'ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumta'lim maktablari oliy ta'lim muassasalari kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilari biriktirilgan hududlarda, shu jumladan, mahalla fuqarolar yig'inlarida aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish bo'yicha mas'ul etib belgilanadi.
4. Belgilab qo'yilsinki, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari:
jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qo'llab-quvvatlash va ularning inshootlari infratuzilmasini rivojlantirish;
Qoraqalpog'iston Respublikasining byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjeti, tuman (shahar) byudjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag'larni hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini qo'shimcha moliyalashtirish uchun yo'naltirish;
respublika sport federasiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda oliy ta'lim muassasalarini sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, "jismoniy tayyorgarlik darajasi" sinovlarini o'tkazish, aholi va yoshlar o'rtasida bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini har chorakda muhokama etib borish;
tegishli hududda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport tashkilotlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha mas'ul hisoblanadi.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, o'z tasarrufida bo'lgan yoki tegishli hududda joylashgan ochiq sport ob'ektlari (stadion, futbol maydoni va boshqa sport ob'ektlari) hamda istirohat bog'larida (xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli ob'ektlar bundan mustasno) aholining yugurish, yurish va badantarbiya turlari bilan bepul shug'ullanishi uchun sharoit yaratsin.
6. O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining:
vazirlik Markaziy apparati tuzilmasidagi jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasi negizida ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasini tashkil etish;
sport pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yig'imni pul to'lovi amalga oshirilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilash;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ta'lim muassasalarining sport inshootlarini, ularda rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash bo'yicha investisiya majburiyatini olgan holda, o'quv mashg'ulotlaridan bo'sh vaqtda tadbirkorlik sub'ektlariga foydalanishga berish;


O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda sport lotereyalarini tashkil etish va yuridik shaxslar tomonidan sport lotereyalarini o'tkazishdan olingan daromadning 10 foizigacha bo'lgan qismini byudjetdan tashqari "Sport" maxsus hisob raqami mablag'larini shakllantirishning qo'shimcha manbasi etib belgilash to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.
7. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman va shahar bo'limlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimdagi sport maktablari va kollejlari o'quv sinf va laboratoriya xonalari hamda yotoqxonalarini jihozlash uchun jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maxsus hisob raqamiga 2020 yilda O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining qo'shimcha manbalari hisobidan 50 milliard so'm mablag'ajratsin.
8. O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda "Milliy bank" AJ jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 200 million evro, shu jumladan, 2020 yilda 50 million evro miqdorida xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit mablag'larini (keyingi o'rinlarda – kredit mablag'lari) jalb qilsin.
9. Belgilab qo'yilsinki, loyiha tashabbuskorlariga:
2020-2021 yillarda jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish uchun ajratiladigan tijorat banklarining summasi 10 milliard so'mdan, foiz stavkasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan milliy valyutadagi kreditlar uchun – asosiy stavkadan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko'p bo'lmagan qismi tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi tomonidan qoplab beriladi;
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu imtiyozlar uchun zarur bo'lgan mablag'larni tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasiga belgilangan tartibda ajratsin;
kredit mablag'lari jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etishda innovasion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan engil konstruktsiya va materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi namunaviy loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda qurilish vazirligi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda bir oy muddatda ilg'or xorijiy davlatlar tajribasi, ta'lim muassasalari va boshqa ob'ektlarning quvvati hamda mazkur bandda ko'rsatilgan talablardan kelib chiqib, har bir sport turlari bo'yicha barpo etiladigan sport ob'ektlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta'minlasin.
10. 2020 yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kreditlari hisobidan respublika hududlarida jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish bo'yicha istiqbolli loyihalarning yig'ma ko'rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya vazirligi hamda bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni:
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tarkibidagi sport ta'limi muassasalarining shtat birliklari doirasida sport dietologi, sport psixologi, sport farmakologi, massajchi va selektsiya bo'yicha trener lavozimlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida har bir sport turi bo'yicha Bosh trener-selektsioner lavozimini joriy etish;
sport muassasalarining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag'lar doirasida sport tayyorgarligidan o'tayotgan o'quvchi-sportchining sportdagi natijalari yaxshilanganda va u boshqa yuqori darajadagi sport ta'limi muassasasiga o'tkazilganda, uni tayyorlagan trenerga bir oylik ish haqi miqdorida bir martalik mukofot puli to'lash;
sport maktablari erishgan natijalariga ko'ra ular maqomini qayta ko'rib chiqish va belgilash tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.



Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin