Urganch davlat universiteti jismoniy madanyat fakulteti


Jismoniy tarbiya va sport ssohasini rivojlantirishda vazirliklarning vazifasi



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə5/7
tarix16.12.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#181373
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faolyatini takomullashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi farmoni.

2.2 Jismoniy tarbiya va sport ssohasini rivojlantirishda vazirliklarning vazifasi.
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligining 2020 yil 1 fevraldan boshlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag'batlantirishni nazarda tutuvchi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo'yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g'olib va sovrindor (1-3 o'rin) bo'lgan sportchi-o'quvchilarni O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy ta'lim muassasalariga (tibbiyot yo'nalishidan tashqari) qo'shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilish;
b) "bolalar sport o'yinlari"ning jamoaviy o'yin turlari bo'yicha respublika bosqichi:
g'oliblariga (1-o'rin) oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida soha bo'yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish;
g'olib va sovrindorlarni (1-3 o'rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarini respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag'lar hisobidan egallagan 1-o'rin uchun mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-o'rin uchun – 4 baravari, 3-o'rin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash;
v) umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari va sport ta'lim muassasalarining trenerlari malaka attestasiyasiga jalb etilmasdan, ularga:
tuman (shahar) bosqichi g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasini;
viloyat bosqichi g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani
uchun – birinchi malaka toifasini;
respublika va xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasini to'g'ridan-to'g'ri berish;
g) Olimpiya sport turlari bo'yicha respublika (1-o'rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3 o'rinlar) g'olib chiqqan oliy ta'lim muassasalari talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi kafedralar o'qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlarni (dosent, professor) to'g'ridan-to'g'ri berish.
13. O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi
hamda Moliya vazirligining:
sport maktablarining o'quv dasturlarida o'quv mashqlar soatini qisqartirish hisobiga ushbu maktablardagi trener-o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkasi har haftadagi bevosita o'quv-mashq ishlarining 24 akademik soati uchun belgilash;
bosqichma-bosqich tuman (shahar) bolalar va o'smirlar sport maktablaridagi bosh hisobchi lavozimlari hisobidan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlarida markazlashgan buxgalteriya xizmatini joriy etish hamda unga tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag'larning hisobini yuritishni yuklash to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.
14. O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida, uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga qo'shimcha 28 ta boshqaruv xodimi shtat birliklari kiritilsin.
15. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o'quv yiliga qadar oliy ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta'lim standartlari, malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirsin hamda bitiruvchilarga jismoniy tarbiya o'qituvchisi va ixtisoslashgan sport turi bo'yicha trener kvalifikasiyasini berish amaliyotini joriy etsin.
16. O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sport turlari bo'yicha federasiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda hududlarda ixtisoslashtirilgan tuman (shahar), umumta'lim maktablari hamda oliy ta'lim muassasalarini sport yo'nalishlari bo'yicha zarur o'quv adabiyotlar, metodik qo'llanmalar va yo'riqnomalar bilan ta'minlash bo'yicha tegishli choralarni ko'rsin;
O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuniga qadar jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida yagona elektron boshqaruv tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda davlat byudjetidan sport sohasi uchun, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag'lar taqsimlanishi va ishlatilishining to'liq nazoratini amalga oshirish, ular bo'yicha hisobotlarni shakllantirish, sport muassasalarining byudjetdan tashqari mablag'lar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilsin.
17. O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.A.Abduhakimov – mazkur Farmon ijrosini sifatli, to'liq va o'z vaqtida ta'minlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas'ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to'g'risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etsin;
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.H.Nabiev – Kontsepsiyaning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish, kontsepsiya va "yo'l xaritasi"ni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko'rilishini ta'minlasin, jismoniy tarbiya va sportni aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida ommalashtirish borasida sport turlari bo'yicha federasiyalar (uyushmalar) bilan yaqindan hamkorlik qilsin, sohada ta'sirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etsin, mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas'ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko'rsatsin hamda uning ijrosi bo'yicha har oyda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
O'zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I.Zokirov – innovasion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan engil konstruktsiya va materiallardan sport zallari (boks, kurash, fitnes, gimnastika), futbol, voleybol, basketbol, badminton va tennis maydonlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilishini hamda ushbu sohada mavjud qurilish norma va standartlari qayta ko'rib chiqilishini ta'minlasin, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o'rnatsin;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari – hududlarni ustuvor, istiqboldagi hamda rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish bo'yicha ishlarni samarali tashkil qilsin, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq hududiy sport musobaqalarini to'liq hajmda moliyalashtirish hamda yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha zarur choralarni ko'rsinlar;
mas'ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari – kontsepsiya va "yo'l xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni o'z vaqtida, sifatli va to'liq bajarish, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish uchun zarur shart–sharoitlar yaratish, shuningdek, ishchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsinlar;
O'zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K.Ko'chimov, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D.Xadjaev hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori v.b. K.I.Allamjonov – mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferentsiyalar, tematik teleko'rsatuvlar tashkil etsinlar.

Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin